Fidoyilik
Chegaralarimizni kecha-yu kunduz tinmasdan qo'riqlash, mehnat va mashaqqatlarga ko'krak tutib sadoqat bilan fidoyilik ko'rsatish nima uchun, albatta, bu "Vatan va oila uchun mehr muhabbat" emasmi?!
Shunday xislatlarni o'zida jo etgan Vatan himoyachilari, ya'ni bizning Qurolli kuchlarimiz hamda Yurtimizning barcha o'g'lonlarning bayrami 14-yanvar kuni "Iqtisodiyot va menejment" fakultetida ko'tarinki kayfiyatda boshlandi. Sababi fakultetning tashabbuskor yoshlari va Jasorat klubi a'zolari bizning faxrimiz, g'ururimiz bo'lgan ustozlar va talabalarni katta tayyorgarlik bilan kutib olishdi.
Bayram uchun tabrik va qurolli kuchlarimiz haqida infografika aks etgan tabriknomalar tayyorlandi va fakultetga kirish qismida bayramona kayfiyat bilan birgalikda har bir talabani yoddan chiqarmagan holda ulashildi. Bu barchaga bayram shukuhi va katta xursandchilik kayfiyatini taqdim qildi.
Shu asnoda bizning faxrlarimiz fakultetimizning mard o'g'lonlarini bayram bilan tabriklaymiz. Hamisha el-yurt hurmati, yaqinlar ishonchi va do'stlarning sadoqati sizga hamroz bo'lsin. Vatanga, oilaga xizmat qilishdek muqaddas burchingiz bizning tog'dek g'ururimiz timsoli bo'lib qolaversin.
3 - ТТJ talabalar kengashi raisi J. Saidahmedov axboroti
Institut matbuot kotibi: Rahimboy Jumaniyozov