Namlik va haroratni o‘lchash qurilmasi

«Fizika va kimyo» kafedra mudiri Toshmurodov Yo.Q. va GM fakulteti SXM yo‘nalishi 212 – gurux talabasi Karimova D.F. lar “Namlik va xaroratni aniqlash” qurilmasini ishlab chiqishdi. Ushbu qurilma issiqxonalar uchun qo‘llanilganda bir vaqtning o‘zida 2 ta nuqtadagi namlik (issiqxona ichkarisi va tashqari tuproq namligi) va 5 ta nuqtadagi haroratni (issiqxonadagi 4 ta nuqtasi va 1 ta datchik esa tashqari atmosferaning xarorati va namligi) o‘lchash qurilmasi ishlab chiqildi va tayyorlandi. Ushbu qurilma juda sodda ishlashi bilan ajralib turadi va yarim o‘tkazgichli materiyali yaratilgan maxsus datchik orqali chiqqan signal kuchaytirgich va boshqa bloklardan o‘tib ekranda natija, ya’ni namlik va xarorat ko‘rsatkichlari aks etadi.