Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan gʼalabaga Oʼzbekiston xalqining qoʼshgan hissasi
Joriy yilning 28 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi miqyosida “Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga O‘zbekiston xalqining qo‘shgan hissasi” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya onlayn tizimida o‘tkazildi.
Konferensiyada o‘zbekistonliklarning Ikkinchi jahon urushi jang maydonlarida ko‘rsatgan qaxramonliklari, Ikkinchi jahon urushi yillarida o‘zbekistonliklarning front ortidagi matonatli mehnati, Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston fani va madaniyati, Ikkinchi jahon urushi yillarida aholining O‘zbekistonga evakuatsiya qilinishi va ularga o‘zbek xalqining g‘amxo‘rligi, Xotira va Qadrlash masalalari muhokama qilindi. Ushbu konferensiyada Respublikamizdagi ko‘pchilik Oliy O‘quv yurtlari tarixchi olimlari qatorida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Gumanitar fanlar kafedrasi dotsentlari A. Raxmankulova va X. Azimovlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Konferensiyada Ikkinchi jahon urushi tarixi bilan bog‘liq bo‘lgan dolzarb masalalar muhokama qilindi.
TIQXMMI matbuot xizmati