Galdagi ochiq ma’ruza
23 fevral 2018 yil 1 juftlikda institutimizning G o‘quv binosi 1- zalda “Iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti Ismailova Suluvxon Sarsenbaevna 4 kurs 7-8-9-9A - guruh talabalariga “Menejment fanining predmeti, mazmuni va vazifalari” mavzusida “Ochiq ma’ruza” o‘tib berdi. Ma’ruzada kafedra o‘qituvchilari hamda O‘quv metodika boshqarmasi xodimlari qatnashishdi.
O‘qituvchi bahorgi davradagi ilk ma’ruzasini Prezidentimizning “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” jumlalari bilan boshlab mavzuga kirishdi.
2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi mamlakatimizdagi barcha sohalarni liberallashtirish va modernizatsiyalash, davlat va jamiyat taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish, xalq farovonligini oshirish kabi keng ko‘lamli islohotlarni nazarda tutmoqda. Mamlakatimizni ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar rivojlantirishning konseptual masalalari ilgari surilgan mazkur hujjat qizg‘in muhokamalardan so‘ng qabul qilingani to‘g‘risida to‘xtalib o‘tib, harakatlar strategiyasida mamlakatni rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo‘nalarini sanab o‘tdi:
– davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish;
– qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish;
– iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish;
– ijtimoiy sohani rivojlantirish;
– xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish.
Shundan so‘ng suv xo‘jaligida iqtisodiyot va menejment asoslari haqida ko‘plab ma’lumotlar berib dars jarayonini davom ettirdi.
O‘quv metodika boshqarmasi xodimasi Maftuna Tosheva axboroti
Institut matbuot xizmati Rahimboy Jumaniyozov