TIQXMMI dunyoning 2020-yilgi “Yashil universitetlari reytinggi” -“UI GreenMetric” da munosib oʼrin egalladi
Dunyoda Oliy taʼlim muassasalari reytingini baholovchi koʼplab reytinglar mavjud boʼlib, ular qatoriga Quacquarelli Symonds (QS), Times Higher Education (THE), Academic Ranking of World Universities (ARWU) reytinglari yetakchilib qilib kelmoqda. Shunday reytinglardan yana bir xalqaro eʼtirof etilgan reyting Indoneziya universiteti tomonidan 2010 yilda taʼsis etilgan -“UI GreenMetric” reytingidir. Ushbu reytingni asosiy maqsadi universitetlarda chiqindilarni qayta ishlash, elektr-energiyasi va ichimlik suvidan oqilona foydalanish, atrof muhitga zarar yetkazmaslik, yashillikni boricha asrab qolish, lozim boʼlsa ularning sonini koʼpaytirishga qaratayotgan lider universitetlarni qoʼllab-quvvatlash va ularning reytingini tuzishdan iborat. 2020 yilning 7 dekabr sanasida Indoneziya universiteti tomonidan har yilda e’lon qilib kelinadigan reytingni 2020 yilgi UI GreenMetric Dunyo universitetlari reytingi natijalari va taqdirlash bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi.
2020 yilda mazkur reytingda dunyoning 1000 ga yaqin eng ilg‘or va yashil universitetlari ishtirok etdi. Quvonarlisi shundaki, bu yilgi reytingdan O‘zbekiston OTMlaridan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining ham o‘rin olganligidir. Mazkur OTMlar atrof-muhitga kam zarar yetkizayotgan, yashillikka burkangan universitetlar qatoridan joy olishi O‘zbekistonda elektr-energiyasidan oqilona foydalanish, chiqindilarni qayta ishlash va ekologiyaga zarar yetkazmaslik va ichimlik suvidan samarali foydalanishga undaydi.
TIQXMMI Xalqaro reyting faoliyatini monitoring qilish bo‘limi mutaxassisi G‘.G‘oziyev axboroti