Qizlar Milliy gvardiyaga
Kasb tanlash muayyan orzularining ro‘yobga chiqishi uchun intilish, ta’lim olish tabiiy hol, albatta. Har bir yosh avlod o‘zining kar’erasini o‘ylaydi. Shunga yarasha yo‘l, kasb tanlaydi. Odatda, ko‘pchilik huquqni muhofaza qilish organlarida ishashni xohlaydi, harbiy sohada yaxshi mutaxassis bo‘lishni orzu qiladi. Orzuga ayb yo‘q.
Harbiy libos kiyish qizlarimizga ham yarashadi, albatta. 2019-yil 19 aprel institutining anjumanlar zalida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi kadrlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Isakov Ravshanbek Muhammadjonovich bilan birgalikda institutning 4- bosqich talaba qizlari o‘rtasida davra suhbati o‘tkazildi. Suhbat chog‘ida Milliy gvardiya tizimida ishlashni istagan bitiruvchi kurs talabalariga yo‘l-yo‘riq va maslahatlar berildi. Bu tizimda ishlash uchun qanday talab va imkoniyatlar, topshiriq va imtiyozlar berilishi borasida atroflicha tushunchalar berib o‘tildi.
Aksariyat qizlar o‘z xohishlariga imkoni to‘g‘ri kelmaganidan afsuslandi. Chunki bu sohaga kiruvchilar uchun bo‘yining balandligi 1 metr 75 santimetrdan kam bo‘lmasligi kerak edi-da.
Institut xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.Xafizova axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov