Har qarich yer xalqimizning bebaho boyligidir!
27 mart 2018 yil 10.00 da institutimizning A o‘quv binosi – 318 auditoriyasida 3 kurs 6-7 guruh talabalariga “Davlat kadastrlari” kafedrasi katta o‘qituvchisi Ashurov Abdullo Fayzulloyevichning “Davlat shaharsozlik kadastri” fanidan “O‘zbekiston Respublikasi hududlarini kadastr bo‘yicha bo‘lish hamda yer uchastkalari, binolar va inshootlarning kadastr raqamlarini shakllantirish tartibi” mavzusi bo‘yicha ochiq ma’ruza taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ma’ruzada kafedra professor-o‘qituvchilari hamda O‘quv-metodika boshqarmasi xodimlari Dadaxon Xodjayev hamda Maftuna Toshevalar ishtirok etdilar.
Ma’ruzachi mavzuni “2017 yil 10-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqidan:
“har qarich yer – davlatning, demakki, xalqimizning bebaho boyligi hisoblanadi. Undan noqonuniy, o‘zboshimchalik bilan foydalanishga hech kimning haqqi yo‘q” deya iqtibos keltirgancha boshladi.
O‘qituvchi talabalarga mavzuni tushintirish jarayonida yurtimizda sohaga oid qonun va qonun osti hujjalari haqida tushinchalar berib o‘tdi. Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, jahon tajribasini kuzatar ekanmiz har qanday davlatni barqarorligi va gullab yashnashining bosh manbai bu yer resurslaridir.
O‘zbekiston uchun, bozor iqtisodi tiklanayotgan xozirgi davrda, davlat mulki bo‘lmish yer mulkchiligini boshqa ko‘rinishlarga, jumladan xususiy mulkchilikka aylantirishning iqtisodiy va xuquqiy asoslarda amalga oshira oladigan unumli yerdan foydalanishning tizimini yaratish, juda muhim axamiyatga ega.
Shu maqsadda Respubliqada yerdan foydalanishning xozirgi zamon talablariga javob bera oladigan prinsipial yangi tizimini yaratilib, u nafaqat davlat tomonidan,balki bozor talablarini va yerga bo‘lgan mulkchilik xamda, xo‘jalik yuritishni bir necha xil mulk shakllardan bo‘lishini xisobga olmog‘i lozim .
O‘quv-metodika boshqarmasi metodisti Maftuna Tosheva axboroti