Hashar hammamizga yarashar

Yurtimiz kundan-kun go’zallashib o'z chiroyini ochib bormoqda. Buni asrash esa har birimizning burchimizdir. Hozirda xuddi shunday munosabat bilan yurtimizning har bir joyida obodonlashtirish ishlari jadal sur’atda ketmoqda.

2018-yil 25-fevral sanasida shunday xolis niyat bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining yoshlar ittifoqi tizimidagi faol talabalari "Hashar elga yarashar" shiori ostida "Yalang'och ota-2" qabristonida o'tkazilgan hasharda faol qatnashdilar.

Mirzo Ulug'bek tumanining yoshlar ittifoqi raisi Olimov Sherzod ham bu hasharda faol ishtirok etgan holda talabalarimizdagi faollikni ko'rib o'z minnatdorchiligini bildirdi. Hamda bunday savob ishlarni bajarish har bir yurtdoshimiz uchun sharaf ekanligini ta'kidlab o'tdilar.

Hashar munosabati bilan Toshkent shahar Mizro Ulug'bek tumani hokimligi tomonidan institut Yoshlar ittifoqiga 15 ta belkurak, 20 ta ketmon, 20 panshaxalar berildi.

  

Mirzo Ulug'bek tuman hokimligi, tuman yoshlar ittifoqi raisi Sh.Olimovga o‘z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz!

Institut yoshlar ittifoqining yetakchisi Akmal Berdimurodov axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov