Ilm ziyoda - olimpiada
“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetining “Traktorlar va avtomobillar” kafedrasida “Traktor va avtomobillar” fani bo‘yicha olimpiadaning I-bosqichi o‘tkazilishi haqida ma’lumot beramiz.
“Traktor va avtomobillar” fanidan olimpiadaning I - bosqichi 29.03.2018 sanasida V-312 auditoriyada soat 1400 da o‘tkazildi.
Olimpiadani kafedra mudiri M. Amonov ochib berdi. Shundan so‘ng olimpiada qatnashchilari olimpiada shartlari va uning imkoniyatlari bilan tanishtirildi. Kafedra katta o‘qituvchisi Sh.Abduraxmonov va assistent R.Xudoyqulovlar olimpiadaning tashkil etilishida faollik ko‘rsatdilar.
“Traktor va avtomobillar” fani bo‘yicha olimpiadaning I-bosqichida jami 9 nafar talaba ishtirok etdi. Ular:
№ |
Talabaning F.I.Sh |
Fakultet |
Kurs/guruh |
1 |
Turg‘unov Arabboy |
QXM |
4/405-guruh |
2 |
Zulfaliev Islom |
QXM |
4/405 guruh |
3 |
To‘raqulov Suyun |
QXM |
4/405 guruh |
4 |
Sa’dullaev Jaxongir |
QXM |
3/307 guruh |
5 |
Anorboev Bobur |
QXM |
3/307 guruh |
6 |
Turdibekov Akrom |
QXM |
3/304 guruh |
7 |
Sayfiddinov Umidjon |
QXM |
3/301 guruh |
8 |
Aliyorov O‘ral |
QXM |
3/309 guruh |
9 |
Nishonboev Nizom |
QXM |
3/309 guruh |
Olimpiada 4 ta bosqichda olib borildi. Yozma ish tartibida savollar varaqasi tarqatildi. So‘ngra test ko‘rinishida, og‘zaki savol – javob va so‘nggi bosqich qo‘shimcha savollarga javob berish tartibida o‘tkazildi.
Kafedra mudiri, dotsent M. Amonov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov