Qishloq xo‘jaligi ilm-fanini rivojlantirish

Qishloq xo‘jaligi ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha 2021-yil 29-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi mutaxassislari hamda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri I.Y.Abduraxmonov ishtirokida qishloq xo‘jaligi sohasining yetuk olimlari, Respublikadagi soha bilan bog‘liq OTM lar va ITI lar raxbarlari, ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida amalga oshirilgan va oshirilayotgan ilmiy loyhalar rahbarlari va ijrochilari o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida Innovatsion rivojlanish vaziri I. Abduraxmonov so‘zga chiqib,  davlat buyurtmalari bo‘yicha ilmiy loyihalarni  shakllantirish, tanlovini o‘tkazish va g‘oliblarini aniqlash jarayoni haqida ma’lumot berdi. Shu bilan bir qatorda vazirlik tomonidan 200 ta olimlarni bepul “Ingliz tili” kurslarida o‘qitish hamda “Loyiha tayyorlash” bo‘yicha maslahatlar berish bo‘yicha seminar treninglar tashkillashtirilishi yuzasidan ma’lumot berib o‘tdi.

Davra suhbatida institutimiz professor o‘qituvchilaridan Xamidov M.X., Matyakubov B.Sh.lar ananaviy tarzda qatnashgan bo‘lsa Isaev S.X., Sherov A.G‘. Ramazanov O.R., Ishchanov J.K.lar online tarzda ishtiroq qilishdi. Tadbirda Davlat buyurtmasi asosida loyihalar tanlovi, vazirlikka taqdim etilgan loyihalardagi kamchiliklar, ularni ko‘rib chiqilishidagi shaffofliklar, soha ilm-fanini rivojlantirish, bunda olimlarning tashabbuskorliklarini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirishda xususiy sektorning o‘rnini oshirish, ishlab chiqaruvchilar bilan soha olimlarining uchrashuvlarini,  yarmarkalarni tashkil qilish,  markazlashgan ilmiy laboratoriyalarni tashkil etish, “Extension service” tizimini joriy etish, xalqaro tan olingan bazalarga kiritilgan jurnallarda ilmiy natijalarni chop etish, va boshqalar bo‘yicha takliflar berildi. Davra suhbatida institutimizdan o‘z takliflari bilan “ITI va IPKT” bo‘limi boshlig‘i prof. B.Matyaqubov va doktorant PhD J.Ishchanovlar ishtirok etishdi.

Davra suhbati  yakunida IRV huzuridagi “Qishloq xo‘jaligi, veterinariya va atrof muhit muhofazasi” fanlari bo‘yicha ITK raisi prof. M.Xamidov vazirlik tomonidan tanlovlarni tashkil etilishi, loyihalarni ekspertizasida inson faktorini kamaytirish, ekspertiza markazini tashkil etish, soha ilm-fanini kelajagi, bunda fanlararo tadqiqotlarning o‘rni,  tashabbuskor loyihalar tanlovini o‘tkazish va boshqalar haqida o‘z fikr-muloxazalari haqida to‘xtaldi. “Qishloq xo‘jaligi ilm-fanini rivojlantirish” mavzusidagi davra suhbati qiziqarli va asosiysi foydali bo‘ldi.

“ITI va IPQT” bo’limi boshlig’i prof. B. Matyakubov ma’lumoti