INSON QADRINI ULUG‘LAB

2018 yil 11 may kuni  Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘shjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Gidromelioratsiya” fakulteti hamda Sergey Petrovich Borodin uy muzeyi bilan hamkorlikda institut madaniyat saroyida Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatovni xotirlab “INSON QADRINI ULUG‘LAGAN ADIB” mavzusida adabiy-badiiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda “Gidromelioratsiya” fakulteti o‘qituvchi va talabalari, Sergey Petrovich Borodin uy muzeyi xodimlari, O‘zbekiston qozoq milliy madaniy markazi, Toshkent davlat san’at va madaniyat instituti “Folklor va etnografiya” kafedrasi o‘qituvchisi hamda o‘quvchilari, Boltaboev O‘tkir Mamatovich - Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi deputati “Oltintepa” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman raisi Nazarov Shukur Nosirovichlar ishtirok etishdi.

Tadbirni institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Q.O.Shavazov ochib berdi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Do‘stlik markazi ijrochi direktori, filologiya fanlari nomzodi Zuhriddin Isomiddinov - O‘tgan asrning 80-yillarida sobiq Markaz tomonidan uyushtirilgan “o‘zbek ishi”, “paxta ishi” kabi nohaq siyosiy kompaniyalar chog‘ida Chingiz Aytmatovning adolat va haqiqat kuychisi sifatida xalqimizning sha’ni va obro‘-e’tiborini katta minbarlardan turib mardona himoya qilganini el-yurtimiz hamisha minnatdorlik bilan eslaydi. Betakror ijodkorning davlatimiz tomonidan “Do‘stlik” va “Buyuk xizmatlari uchun” ordenlari bilan taqdirlangani ham shundan dalolat berishi, atoqli adib o‘zbek adabiyoti va san’atining yirik namoyandalari bilan yaqin do‘st va ijodiy hamkor bo‘lgani yosh adiblarimiz uchun yuksak ibrat namunasi ekanligi haqida aytib o‘tdi.

Tadbirda so‘z olgan jurnalist Yoqubjon Xo‘jamberdiev - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevni Toshkent shahri, 2018 yil 2 aprel kuni Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov nafaqat qirg‘iz eli, ayni paytda, butun turkiy mamlakatlar, jumladan, o‘zbek xalqi uchun ham aziz va qadrli siymo, O‘zbekistonning ulkan do‘sti ekanligi, Chingiz Aytmatov mintaqamiz tinchligi va osoyishtaligi, uning kelajagi va ravnaqi, xalqlarimiz o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, ularni turli ziddiyat va qarama-qarshiliklardan asrash yo‘lida fidokorona faoliyat olib borganligi haqida gapirdi. Qirg‘iziston axborot agentligi muxbiri To‘laboy Qurbonov hamda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman raisi Nazarov Shukur Nosirovichlar Chingiz Aytmatovning hayoti va ijodiga oid juda qiziqarli va mazmunli axborot berdilar.

Shuningdek, tadbir yuqori saviyada o‘tkazilishi uchun O‘zbekiston qirg‘iz milliy madaniy markazi san’atkorlari hamda Toshkent davlat san’at va madaniyat instituti “Folklor va etnografiya” kafedrasi o‘qituvchilari Xolxo‘jaev Bekbol va Gulzoda Usmonovalar ijrosida kuy va qo‘shiqlar yangradi.

  

 “GM” fakulteti xotin-qizlar qo‘mitasi BT raisasi D.Madazizova axboroti,

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov.