Izlagan imkon topar
Ma’lumingizkim, joriy yil "Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili” deb e’lon qilingan. Shu asosda Respublikamiz bo’ylab, tegishli sohalarda katta o’zgarishlar sodir bo’lib, tadbirkorlar hamda ishbilarmonlarga keng imkoniyatlar davlatimiz tomonidan yaratilmoqda.
2018-yil 16-mart kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bitiruvchi bosqich talabalari hamda HAMKOR BANK vakillari o’rtasida davra suhbati o’tkazildi. Davra suhbatida “Yerdan foydalanish va yer kadastri” fakulteti bitiruvchi bosqich talabalari, yoshlar ittifoqi faollari, professor-o’qituvchilar ishtirok etishdi.
Tashrif buyurgan mutaxassislar bugungi kundagi bank tizimi, undagi imkoniyatlar, yoshlarga yaratilgan imtiyozlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishni xohlagan jismoniy va yuridik shaxslar qanday tartibda xujjatlarni taqdim etishi to’g’risida atroflicha ma’lumot berib o’tishdi.
Davra suhbati davomida HAMKOR BANK vakillari tomonidan talabalarga ma’lumotnomalar tarqatildi. Shuningdek, talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Yoshlar ittifoqining institut boshlang’ich tashkiloti yetakchisi Akmal Bekmurodov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov