Jaholat va ma'rifat
San'at olamining ta'sirchanligini ta'minlashda teatr san'atining ham o'z o'rni bot. Jaholatning oqibatlari insoniyat taraqqiyotining tanazzuliga sabab bo'lganligi tatixdan ma'lum. Bilimsizlik, nodonlik jaholatning uyasi ekanligidan ogohlantirish san'atning turli shakllarida o'z ifodasini topgan.
Bu haqda so'z ketganda, yaqin o'tmishimizdagi jadid adabiyotining yirik vakillaridan biri sifatida tanilgan Mahmudxo'ja Behbudiyning nomlariji alohida tilga olish o'rinlidir. Uning "Padarkush yoxud o'qimagan bolaning holi" nomli dramasi yuqoridagi fikrlarga asos bo'libgina qolmay, balki jaholatga qarshi ma'rifaf quroli ham deyish mumkindir. U bugun ham o'z qiymayini yo'qotgan emas.
Institutimizda O'zbekiston davlat Satira teatrining yosh aktyorlaridan tarkib topgan ijodiy guruhi xuddi shu spektaklni institutimiz madaniyat saroyida namoyish etishdi. Ushbu milliy fojiali kulgiga asoslanib tayyorlangan drama o'z vaqtida shuhrat topgan. Bugun ham ana shu qiymatini zarracha ham yo'qotgan emas.
Institutimiz rektorining tashabbusi bilan teatr tomoshasining aynan madaniyat saroyimizda tashkil etilganligi talaba va professor o'qituvchilarining xursandchiligiga sabab bo'ldi.
Satira teatrining direktori Sanjar Sattorov rahbarligidagi ijodiy jamoa tomonidan tayyorlangan ushbu pyesaning sahnalashtiruvchi rejissori Jo'rabek Ro'zmetov, sahnalashtiruvchi rassom Shokirjon O'rmonov, musiqa bastalovchi Kamoliddin Rahimov, direktor o'rinbosari Qahramon Meliyevlardir.
Unda ilmning nafi haqida so'z ketadi. Olimi zamoniy bo'lib farzandlarimiz xorijda tahsil olsinlar, dinni ham bilsinlar degan g'oyani ilgari suradi Behbudiy.
Uchta manzarada namoyish etilishi orqali g'oyabiy maqsad amalga oshadi. Ikkinchi manzara mayxonada kechadi. Dunyo bilan dunyoni o'lchaydiganlar bor, - deyiladi asar personajlardan biri. Lizaxon o'zining qiliqlari bilan "oshiq"larini pulini o'marib Armani bilan don olishib yuradi. Bilimsizlik jaholatga yetaklashini uchinchi manzaradagi o'g'irlik sahnasida yaqqol ko'rinadi.
Beilmlik qotillikka yetaklashini merov, boyning arzandasi, dovdir o'g'li xatti-harakati, qiyofasida ko'rish mumkin. U ilmsizligi sabab o'zgalar qo'lida qo'g'irchoq bo'ladi.
"Gumanitar fanlar" kafedrasining o'qituvchisi Bahriddin Muqimov axboroti,
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov