Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik, huquqbuzarliklarni oldini olish va uning profilaktikasi

2018 yil 13 aprel kuni soat 10:00 da TIQXMMI “Yashil zal” da “Iqtisodiyot va menejment” fakulteti talabalariga (105 nafar talaba) Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani 2-son IIB boshlig‘i podpalkovnik Daminov Kamoliddin Bobosherovich, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani 2-son IIB tergov bo‘limi boshlig‘i podpalkovnik Suvonqulov Mehmonali Ismoilovich, Mirzo Ulug‘bek tumani “Hamid Olimjon” M.F.Y. profilaktika katta inspektori mayor Xoliyorov Asqar Xurramovich va Mirzo Ulug‘bek tumani “Lashkarbegi” M.F.Y. maslahatchisi Rasuli Zulfiya Masharipovnalar ishtirokida “Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik, huquqbuzarliklarni oldini olish va uning profilaktikasi” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida ishtirokchilar talaba yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 fevraldagi “Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatdan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” gi PQ-3528-sonli qarori unda belgilangan vazifalar mazmun-mohiyati xususida tushuntirish va ma’lumotlar berib o‘tdi. Shuningdek, bugungi kunda yoshlar o‘rtasida uchraydigan mayda huquqbuzarliklar, o‘g‘irlik, talonchilik, narkotik va psixotrop moddalar savdosi va iste’mol qilish oqibatida yuzaga kelayotgan qonun buzilish hollari, milliy g‘oyamizga yot g‘oyalarga ko‘r-ko‘rona ergashish oqibatida yuzaga kelayotgan salbiy holatlarni tahlili va ularni oldini olish borasida huquqni muhofaza qilish organlari oldida turgan vazifalar va bartaraf etish choralari xususida talaba yoshlarga hayotiy misollar bilan tushuntirib o‘tildi.

 

“I va M” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiev axboroti