Jon vatan himoyasi – jon va tan himoyasi
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 26 yilligi munosabati bilan 2018 yil 15 yanvar kuni 3-TTJ da "Milliy armiyamiz -yoshlarnig mardlik, matonat va jasorat maktabidir " shiori ostida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda nufuzli mehmonlarimiz Mudofaa vazirligidan nafaqadagi polkovnik Bekov Safarali Ibroximovich va podpolkovnik Ne’mat Gulboev tashrif buyurishdi va barcha talaba yoshlarni bayram bilan tabriklab, o‘zlarining hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi. Himoya faqat vatan uchun emas, oila, yaqinlar uchun, or-nomus va sharaf uchun ham zarur. Himoya fakat qurol bilan emas, kimgadir tayanch, suyanch bo‘la olish, vatanni sevish bilan ham o‘lchanadi.
Tadbir davomida 3-TTJ faollari va yoshlar ittifoqi faol talabalari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, qiziqarli chiqishlar namoyish etildi. Shu bilan birga institut yoshlar yetakchisi A. Berdimurodov so‘zga chiqib talabalar va ustozlarni tabriklab, o‘zining armiyada xizmat qilgan davridagi saf qo‘shig‘ini yig‘ilganlar e’tiboriga havola etdi.
Tadbirning so‘ngida uni yuqori saviyada tashkil etgan 3-TTJ pedagogik-tarbiyachisi Aziza Xaitova esa barchani vatan himoyachilari kuni bilan tabrikladi hamda jamoat ishlarida faol qatnashgan, tashkiliy ishlarda faol bo‘lgan bir qancha talaba-yoshlarga institut Yoshlar ittifoqi yetakchisi bilan birgalikda tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar bilan taqdirladi. Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan barchani tabriklaymiz.
Tadbirni tashkil etishga ko‘maklashgan institutimiz rahbariyati, institut Yoshlar ittifoqi, 3-TTJ pedagog-tarbiyachisiga talabalar nomidan minnatdorchilik bildiramiz. Vatanimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!
3 TTJ talabalar Kengashi raisi J. Saidaxmedov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov