Kashandalik illati

Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 3-talabalar turar joyida 2018-yil 31-may kuni pedagogik tarbiyachisi  Aziza Xaitova hamda navbatchi o‘qituvchilar, ya‘ni “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti "Davlat kadastrlari" kafedrasi Usmonov Shukrulloxon Rustamjon o‘g‘li hamda "Iqtisodiyot va menejiment" fakulteti "Tillar" kafedrasi Zulxonov Mustafo Jurayevich o‘qituvchilar bilan birgalikda  3-Talabalar turar joyining 8-9-qavatlarda talaba yigitlari bilan bugun  "Jahon bo‘yicha chekishga qarshi kurash" kuni munosabati bilan   davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida Aziza Xaitova so'zga chiqib talaba yigitlarga ilmiy-tadqiqotlarining aniqlanishicha, tamaki tutuning tarkibida 3000dan ko‘proq har xil zararli kimyoviy moddalar bor. Shulardan ayniqsa, nikotin, ammiak, karbonat angidrid, benzol, poloniy, kadmiy kabilar odam organizimiga kuchli zaharli ta‘sir ko‘rsatishi haqida aytib o‘tildi. Ma‘ruza juda ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishdi va qoniqarli javoblar olishdi.

Davra suhbati oxirida Aziza Xaitova  har bir inson o‘z sog‘lig‘ini o‘zi asrashi uchun zararli oqibatlardan yiroq bo‘lsa maqsadga muvofiq bo‘ladi,- deya davra suhbatini yakunladi.

3-TTJ pedagogik tarbiyachi Aziza Xaitova axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov.