Kosmik suratlar yordamida kartalar tuzish
Bugun 11 may 2018 yil 13:30 da institumizning V o‘quv binosi 8 ma’ruzalar zalida “Geodeziya va geoinformatika ” kafedrasi dotsenti, t.f.n., Oymatov Rustam Qamardinovich 1 bosqichda tahsil olayotgan talabalarga “Kosmik suratlar yordamida kartalar tuzish” mavzusida Ochiq ma’ruza o‘qidi. Ma’ruzada “Geodeziya va geoinformatika ”kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda “Ta’lim sifatini nazorat qilish” bo‘limi mutaxassislari ishtirok etishdi.
O‘qituvchi o‘z ma’ruzasini Yerning sun’iy yo‘ldoshlari haqida quyidagi ma’lumotlar berish bilan boshladi:
Sun’iy yo‘ldosh – sayyora atrofida egri chiziq bo‘ylab harakatlanadigan har qanday ob’ekt, oy - Yerning tabiiy sun’iy yo‘ldoshidir va Yerning yonida inson qo‘li bilan yaratilgan ko‘plab sun’iy yo‘ldoshlar mavjud. Sun’iy yo‘ldoshning harakat yo‘li orbita deyiladi, ba’zan u aylana shaklini oladi.
Sun’iy yo‘ldoshlar turli shakl va o‘lchamlarga ega bo‘lib, turli xil vazifalarni bajaradi: Meteorologik sun’iy yo‘ldoshlar meteorologlarga ob-havo prognozini yoki hozirgi paytda nimalar sodir bo‘lganligini ko‘rishga yordam beradi. Geostatsionar operatsion ekologik sun’iy yo‘ldosh (GOES) shular jumlasidandir. Ushbu sun’iy yo‘ldoshlar odatda, Yerning ob-havosini aks ettiruvchi kameralarni o‘z ichiga oladi. Aloqa sun’iy yo‘ldoshlari telefon suhbatlarini sun’iy yo‘ldosh yordamida uzatishga imkon beradi. Aloqa sun’iy yo‘ldoshining eng muhim xususiyati transponder bo‘lib, bir chastota bo‘yicha suhbatni olib boradigan radio, keyin uni kuchaytiradi va boshqa chastotada Yerga uzatadi. Sun’iy yo‘ldosh odatda yuzlab yoki minglab transponderlarni o‘z ichiga oladi.
Sun’iy yo‘ldoshlar haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tilgandan so‘ng, fan nomzodi talabalarga Kartalashtirish jarayonilari haqida avval nazariy, so‘ngra kompyuter dasturlari orqali amaliy tushunchalar berib o‘tdi. Talabalar “AgisoftPhotoScan”, “ArcGIS”, “PhotoMod” kabi bir qancha dasturlar yordamida ishlash bo‘yicha ko‘nikmalarini mustahkamlab olishdi. Mavzu so‘ngida talabalarga mustaqil ta’lim uchun vazifalar berildi.
O‘quv-metodika boshqarmasi metodisti Maftuna Tosheva axboroti