“O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi
Ma’lumki, har yili milliy ma’naviyat, madaniy meros va umuminsoniy qadriyatlar negizida yuksak vatanparvarlik, xalqparvarlik, fidoyilik tuyg‘usini va mehnatsevarlik fazilatlarini o‘zida mujassamlashtirgan, Vatanimiz obro‘si, shon- shuhrati va sharafini yuksaltirishga hamda uning xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qilayotgan, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etib namuna ko‘rsatayotgan bir guruh yoshlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 22-iyuldagi PF-1822-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan ( Yangi tahrirda 2003-yil 4-avgustda PF-3290-son bilan) “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi.0‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2019-yil 7-dekabrdagi № 01-03/64-sonli Qarori bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti boshlang‘ich tashkilot yetakchisi, Respublika yetakchilarining eng faoli Berdimurodov Akmaljon Azamat o‘g‘li ushbu yuksak mukofotga loyiq deb topildi. 2020-yil 27-iyun kuni mukofot o'z egalariga topshirildi.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rahbariyati, professor-o'qituvchilari hamda talabalar nomidan Akmal Berdimurodovni chin dildan tabriklaymiz. Keyingi o'qish va ishlariga omad tilaymiz.