Kulfat keltiruvchi illat
2018 yil 26 mart kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 4-sonli talabalar turar joyi tarbiyachi pedagogi Javlonbek Qutlimurotov 9 qavat talabalariga “Giyohvandlik-halokatga eltadi” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi. Shuningdek, talabalarga o‘sha illatning zararli oqibatlariga bag‘ishlangan videoroliklar ham qo‘yib berildi.
Bu illat zanjiriga tushib qolgan odamlar hayoti aks ettirilgan “Giyohvandlik – asr vabosi” hujjatli filmi namoyish etilib, keng jamoatchilik tomonidan muhokama qilinmoqda. Oldimizda turgan muhim vazifalardan biri – yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning zararli oqibatlari va uning insoniyat takomiliga salbiy ta’siri, uning daromad manbalari to‘g‘risida batafsil tushuntirish ishlarini olib borish kerak.
Giyohvand bo‘lib qolgan odam hatto ota-onasi, aka-ukasi va boshqa yaqinlarining joniga qasd qilishgacha boradi. Og‘u iste’mol qilishi oilaning barbod bo‘lishi, farzandlar mayib-majruh bo‘lib tug‘ilishiga olib keladi, inson ota-onasi, qarindoshlari va do‘stlaridan yuz o‘giradi, xotirasi yo‘qoladi, hech narsaga qiziqmay qo‘yadi, behayolik, diyonatsizlikka yuz tutadi.
Aziz yoshlar! Ko‘rayapsizmi, bu ofat inson hayotiga qay darajada raxna solib, kulfatlar keltirib chiqaradi.
Hech bir inson onadan piyanista yoki giyohvand bo‘lib tug‘ilmaydi. Buni keltirib chiqaradigan bir qator omillar mavjud. Ba’zilar to‘qlikka sho‘xlik qilsa, boshqa birovlar o‘zi bilmagan holda, aldovlar natijasida shu yo‘lga kirib qoladi. Hozirgi kunda o‘smirlar, ayollar o‘rtasida ham giyohvandlikka ruju qo‘yish hollari uchrayotgani tashvishlidir.
Bunday achinarli Oqibatda ko‘plab yoshlarimiz hayotdan bevaqt ko‘z yummoqdalar.
Davra suhbatidan maqsad ham talabalarni ogohlikka chorlashdir.
4–TTJ tarbiyachi-pedagogi Javlonbek Qutlimurotov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov