Professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va ilmiy xodimlar uchun trening
BMT Taraqqiyot Dasturi va O‘zbekiston Respublikasi
Suv xo‘jaligi vazirligining “Texnik salohiyatni mustahkamlash”
qo‘shma loyihasi doirasida professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va ilmiy xodimlar uchun trening
Yevropa Ittifoqining “O‘zbekistonning qishloq hududlarida suv resurslarini barqaror boshqarish” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan BMT Taraqqiyot Dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining “Texnik salohiyatni mustahkamlash” qo‘shma loyihasi doirasida 2019 yilning 30 aprelidan – 24 mayigacha bo‘lib o‘tgan “Suv xo‘jaligi sohasidagi professor-o‘qituvchilar uchun trening”da Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining 50 nafar professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va ilmiy xodimlari 4 guruhda (ya’ni: 1-guruh: 30 aprel – 3 may, 2-guruh: 7 – 10 may, 3-guruh: 14 – 17 may va 4-guruh: 21 – 24 may kunlari) qatnashdilar va sertifikatlarga ega bo‘ldilar.
Mazkur treningning so‘ngi 4-guruhida institutning 13 nafar professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va ilmiy xodimlari ishtirok etdilar. Ishtirokchilar trening davomida asosiy interfaol texnikalar, samarali prezentatsiya (RRT) tayyorlash, prezi.com resurslaridan foydalanish, muammoli tinglovchilar Rolli o‘yin (sahnalashtirish), treningda enerjayzer va muzyorarlarning qo‘llanilishi, kichik guruhlarda ishlash, aqliy hujum, savol-javoblar va bahs-munozara usullari, ma’ruza, taqdimotlarni sodda va ravon uslubda yetkazib berish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.
Treningning 4-kunida ishtirokchilar o‘zlariga berilgan topshiriqlar bo‘yicha taqdimotlar qilishdi. Taqdimotda barcha ishtirokchilar faol ishtirok etdilar.
Treningni yuqori saviyada tashkil qilgan Yevropa Ittifoqi, BMT Taraqqiyot Dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va Author Coaching Group direktori Dinara Faridovna Gabdulxakova hamda trener Gulnara Djabbarovnalarga Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rahbariyati o‘z minnatdorchiligini bildiradi.
Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘linmasi sektor mudiri N.Shaymanov ma’lumoti
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor T.Sultanov