Murabbiy, sizga ta’zim aylaymiz
Murabbiylik – bu oliyjanob kasb. Hayotiy yo‘llarimizni doimiy to‘ldirib va yoritib boruvchi bilimsiz, hayot to‘xtab qoladi. Murabbiy – bu shunday insonki, u boshqalarga o‘z bilimini ulashish va tajribasiga tayangan holda yordam berishning cheksiz istagi bilan yashaydi. O‘qitish va o‘z kasbiy tajribasini boshqalarga ulashish – barcha soxa murabbiylarining, shu bilan bir qatorda kutubxonachilarning ham muhim vazifalaridan biridir. 1 oktyabrda Respublikamizning barcha aholisi mavjud o‘quv yurtlarining o‘qituvchi va murabbiylarini binobarin yilning eng ahamiyatga sazovor bo‘lgan kasbiy bayramlari bilan muborakbod etadilar. O‘zbekistonda o‘qituvchi va murabbiylarga doimo alohida e’tibor qaratilgan, hozirda ham ushbu kasb egalarini cheksiz hurmat qiladilar. Ularning yosh avlodni tarbiyalashdagi fidokorona mehnatlari qadrlanib keladi. Ushbu bayram, o‘z bilmini, tajribasini hamda bor mahoratini yoshlarga baxshida etgan barcha ustoz va murabbiylarga bag‘ishlanadi. Mana shunday mas’uliyatli ishni Axborot-resurs markazining Ilmiy-uslubiy va axborot-ma’loumot bo‘limi mudiri Natalya Yurevna Milichenkova ham katta sharaf va kasbiy mahorat bilan bajaradi. Ko‘p yillik mexnat faoliyati davomida Natalya Yurevna, o‘zini mas’uliyatli, yukori malakali, izlanuvchan va tashabbuskor xodim sifatida namoyon eta oldi.
Bayram arafasida TIQXMMI Axborot-resurs markazining bo‘lim mudiri Natalya Yurevna Milichenkova o‘zining 40 yildan ziyod samarali mehnatlari uchun institutimiz rahbariyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligining “Suv xo‘jaligi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan munosib taqdirlandi. ARM xodimlari Natalya Yurevnaga professional darajadagi yetakchilik, ishga sifatli yondashuv hamda qo‘l ostidagi xodimlarga ko‘rsatadigan mehribonliklari uchun o‘z minnatdorligini bildiradi. Baxt – bu tongda uyqudan turganingda ishga borish, kech bo‘lganda esa uyga qaytish istagi borligidadir. Hurmatli Natalya Yurevna, shu ikki oddiy istak sizning mehnat yo‘lingizda doimiy hamroxingiz bo‘lsin. Sizga chin qalbdan mustahkam sog‘lik, uzoq - umr, katta baxt va kelgusi kunga yorqin ishonch tilaymiz.
Axborot-resurs markazi