Laboratoriya mashg‘uloti
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va “Amkodor-Toshkent” MChJ shaklidagi O‘zbekiston - Belorusiya xorijiy korxonasi bilan 2018 yil 1 fevralda tuzilgan o‘zaro hamkorlik shartnomasiga asosan institutning “Gidromeliorativ ishlarini mexanizatsiyalash” kafedrasining filialida “Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” bakalavr ta’lim yo‘nalishining 303 va 306 - guruh talabalariga “Qurilish mashinalari” fanidan “Bir va ko‘p cho‘michli mexanik va gidravlik ekskavatorlarining tuzilishini o‘rganish” mavzusidagi laboratoriya mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Mashg‘ulotda “Amkodor - Toshkent” MChJ ning yetakchi mutaxassislari va kafedra assistentlari Z.Qannazarova hamda X.Maxmudovlar bilan hamkorlikda talabalarga ekskavatorlarining ishchi jihozlarining tuzilishi, ularga texnik xizmat ko‘rsatish tartibi va qo‘llanilgan innovatsion yechimlar to‘g‘risida ma’lumot berishdi. Shu jumladan almashinuvchi ish jihozlarini o‘rnatish bo‘yicha har bir talaba zaruriy ko‘nikmalarni hosil qildi.
“GIM” fakulteti kafedra mudiri Z. Sharipov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov