Lizing foydasi
Har bir jarayonning va har bir vositaning o‘z ahamiyati bo‘lganidek, lizing ham katta imkoniyatlar eshigini ochishi haqligini kuni kecha tashkil etilgan muammoli ma’ruza orqali bilib olish oson kechdi.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetining “Mashinalardan foydalanish va ta’mirlash” kafedrasi a’zolari va “QXM” yo‘nalishining 3-4-kurs talabalariga 2018 yil 13 aprelda “O‘zagrolizing” AJ yuridik bo‘lim boshlig‘i F.A.Xodjievning “O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi texnikalarini lizing asosida yetkazib berish amaliyoti to‘g‘risida” mavzusidagi muammoli ma’ruzasi mohiyat e’tibori bilan e’tiborga molik bo‘ldi.
Muammoli ma’ruza “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti a’zolariga 5430100 -“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish” ta’lim yo‘nalishi 3 va 4-kurs talabalariga mo‘ljallangan. Muammoli ma’ruza materiali 78 betdan iborat elektron variantda taqdim etildi. Unda muammoli darsning rejasi va reja asosida o‘tiladigan “O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi texnikalarini lizing asosida yetkazib berish amaliyoti to‘g‘risida” mavzusidagi to‘liq matnlari davlat tilida tushuntirib berildi.
Ma’ruzachi Respublikamizda keng faoliyat yuritayotgan lizing tizimining tuzilmasi, ular tomonidan ASMda fermer va dehqon xo‘jaliklari yuqori unumli zamonaviy, mahalliy va xorijiy texnikalar bilan ta’minlash amaliyoti to‘g‘risida, hamda narxi baland bo‘lgan murakkab texnikalarni xo‘jaliklarga:
- qisqa muddatlarga;
- o‘rta muddatlarga;
- uzoq muddatlarga
ijaraga berish tartibi, lizing bo‘linmalarining hozirgi kundagi maqsadi, vazifalari va istiqbollari mavjud muammolar, ularning yechimlari to‘g‘risida atroflicha yangi ma’lumotlar berdi.
Ma’ruzachi o‘z ma’ruzasida Respublikamiz ASMdagi serqirra va murakkab masalalarni sifati, yuqori saviyada hal qilish ishlari, shubhasiz, mahalliy kadrlar yetishtirishga, ya’ni bugungi talabalarga borib taqalishini ta’kidladi. QXM fakultetining 3 va 4 - kurs talabalariga katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Talabalar va o‘qituvchilar tomonidan berilgan ko‘plab savollarga atroflicha javob berildi.
O‘qilgan mavzu barcha tinglovchilarda yaxshi taassurot qoldirdi va so‘zga chiqqanlar ma’ruzachiga o‘z minnatdorchiliklarini izhor qildilar.
“Mashinalardan foydalanish va ta’mirlash” kafedrasi assistenti N.T.Djuraev axboroti,
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov.