Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari o‘rtasidagi hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Halq ta’limi vazirligining 2018 yil 29 martdagi “Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bilan Toshkent shahridagi 8 ta umumta’lim maktablari o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandumdan asosiy maqsad Toshkent shahrida umumta’lim maktablari faoliyatini takomillashtirish, o‘qituvchilarning kasbiy va pedagogik mahoratini yanada oshirish, o‘quvchilarning ilm-fan va kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish, ularning ma’naviy-ma’rifiy bilimlari va dunyoqarashini yanada oshirish hamda oliy ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashdir.
Amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida hamkorlik qilish uchun chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, shu kungacha Olmazor tumanining 315-sonli va 326-sonli umumta’lim maktablarida amaliy ishlar olib borildi.
Institut professor o‘qituvchilari tomonidan umumta’lim maktablarida dars jarayonlarini kuzatish va tahlil etish natijasida maktab o‘quvchilarda aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish va metodik yordam berish maqsadida barcha fan o‘qituvchilariga “Master klass” tashkil etildi.
Bugun institutda Olmazor tumani 315-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari uchun "Ochiq eshiklar" kuni tashkil etildi. Bunda o‘quvchilarga qiziqishlari bo‘yicha ekskursiyalar tashkil etish orqali ARM, ATM, laboratoriya, ma’ruza zallari va talabalar bilan o‘tkaziladigan dars jarayonlari yaqindan tanishtirildi.
Hamkorlik ishlari davom etmoqda.