Mashina-traktor agregatlari haqida ma’ruza
31 mart 2018 yil 1 juftlikda institutimizning V o‘quv binosi 408 auditoriyada “Qishloq xo‘jaligi mashinalari” kafedrasi dotsenti, t.f.n Shermatova Zuxra Maxkambaevnaning 3 bosqich talabalariga “Mashina-traktor agregatlari haqida asosiy tushunchalar va undan foydalanish” mavzusida ochiq ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi. Ma’ruzada Islom Karimov nomidagi Toshkeknt Davlat texnika universiteti professori Djumabaev Alijon Bakishevich, Qishloq xo‘jaligi mashinalari kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda institut O‘quv-metodika boshqarmasi metdisti Maftuna Toshevalar ishtirok etishdi. O‘qituvchi o‘z ma’ruzasini fanga oid atamalarni takrorlab olish bilan boshlab so‘ng mavzuga kirishdi.
Talablarga agregat tuzishning asosiy shartlari quyidagicha izohladi:
1. Agrotexnikaviy talablarga mos kelishi va qishloq xo‘jalik ishlarining sifatli bajarilishini ta’minlashi kerak.
2. Bajariladigan ish birligiga eng kam yonilg‘i, mehnat va energiya sarflagan holda eng yuqori ish unumiga erishish maqsadida traktor va qishloq xo‘jalik mashinalaridan ratsional foydalanishni ta’minlash zarur. Bu shart agregat eng yuqori samaradorlikka erishishiga imkon beradi.
3. Yetarlicha manevrchan va ularga xizmat ko‘rsatish qulay bo‘lishi, mehnatni muhofaza qilish talablarini qoniqtirishi kerak. Bu shart mashina-traktor agregatidan juda yaxshi foydalanishga, ya’ni xizmat ko‘rsatishga eng kam mablag‘ sarflagan holda ish unumini oshirishga imkon berishini aytib o‘tdi.
O‘qituvchi ma’ruza so‘ngida mavzuga oid videorolik namoyish qilib berilgan ma’lumotlarni yanada mustahkamlab o‘tdi.
O‘quv-metodika boshqarmasi metodisti Maftuna Tosheva axboroti