AKADEMIK MIRZIYOD MIRSAIDOV  ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTIDA UCHRASHUV O‘TKAZDI.

Bu uchrashuvda iqtidorli bakalavriat talabalari, magistrlar, doktorantlar,  institutning ilmiy ishlar buyicha prorektori t.f.n., dos. B.Mamajonov fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, institutning  yetakchi professor va dotsentlari  qatnashdilar. Bu uchrashuvda TIQXMMI professori T.Mavlonov, Toshkent axborot texnologiyalar universitetining Andijon filiali  professori, i.f.d., A. Abdullaev,  Andijon mashinasozlik instituti “Oliy matematika” kaf. dotsenti, f.-m.f.n.-  T.Jalilova, Andijon qishloq xo‘jalik instituti dotsenti, f.-m.f.n., dos. K.Atabaevlar   ham qatnashdilar.

Bu institutda uchrashuvni iqtidorli talabalar tomonidan yaratilgan  innovatsion yangiliklar, ya’ni yangi jihoz, uskuna va har xil asboblar bilan tanishishdan boshladik. Institutning ilmiy ishlar bo‘yicha  prorektori  B.Mamajonov  va ixtirochi yoshlar o‘zlari  yaratgan bu yangiliklarni bizga ko‘rsatib,  bu yaratilgan yangiliklar  haqida g‘urur bilan gapirib berishdi. Yangiliklar bilan tanishganimizdan so‘ng institutning ilmiy ishlar bo‘yicha  prorektori  B.Mamajonov institutda  tashkil qilingan laboratoriyalarni biri bilan, ya’ni, fizika fani bo‘yicha tashkil qilingan laboratoriyaga taklif qildi.

Uchrashuvni institut  prorektori  B.Mamajonov   kirish so‘zi bilan  ochib,  akademik M.Mirsaidovga so‘z berdi. M.Mirsaidov o‘z so‘zida yurtboshimizning fanda erishilgan yutuqlarning amaliyotga tadbiq qilinishiga katta e’tibor berayotganliklarini, yuqori natijalarga erishgan ilmiy xodimlar albatta kelgusida taqdirlanishini,  hozirgi kunda Prezidentimiz tomonidan to‘la imkoniyat yaratilayotganligini aytib o‘tdi. Hurmatli Prezidentimiz ilmdagi eng katta ilmiy natijalarni ilmiy tadqiqot va oliy o‘quv yurtlarida ishlayotgan  yoshlardan kutayotganligini va bu bajarilayotgan ilmiy ishlar,  innovatsiya g‘oyalari, yangi texnologiyalar va ularning tadbig‘i bilan yakunlanishi haqida ham M.Mirsaidov gapirib o‘tdi.

Shu bilan birga M.Mirsaidov o‘z so‘zida ilmda yuqori natijalarga erishish   uchun yoshlarimiz tinmasdan mehnat qilib, yaxshi o‘qishlari  va har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lish uchun esa chet tillarini yaxshi bilishi  va  kitoblarni  ko‘p o‘qishga harakat qilishlari kerak deb ta’kidladi. M.Mirsaidov Fanlar akademiyasi institutlarining qayta tiklanishi, Fanlar akademiyasi va saylov nizomlari o‘zgartirilib, demokratlashtirilganligi va  bu galdagi akademiklikka saylov ob’ektiv va shaffof o‘tganligi haqida  ham  aytib o‘tdi.

Yoshlarimiz ham mukammal bilimlar olib, ishlab chiqarishda va ilm dargohlarida astoydil mehnat qilsalar kelgusida bundan ham ulug‘ natijalarga erishish imkoniyatlari mavjudligi haqida gapirib, bugungi kunda ilmiy xodimlarga Davlatimiz tomonidan bo‘layotgan e’tiborni,  Prezidentimizning  5-aprel 2018 yildagi maoshlarni oshirish to‘g‘risidagi qarori va Fanlar akademiyasining o‘simliklar kimyosi institutidagi uchrashuvlari to‘la tasdiqlashini aytib o‘tdi.  

Hozirgi kunda bu institutda  davlatimiz tomonidan qo‘yilayotgan dolzarb muammolarni yechish uchun  yetarli sharoit borligini, ya’ni  biz hozirgina ko‘rgan yoshlar tomonidan bajargan ilmiy ishlanmalar va institut  laboratoriyalarining jihozlanganligi ko‘rsatib turipti deb ta’kidladi M.Mirsaidov. Yoshlar va universitet xodimlari  M.Mirsaidovga ko‘p savollar berdilar. Bu  savollarning asosiy mazmuni quyidagilardan iborat bo‘ldi:

Oxirgi davrlarda mexanika va fizika fanida qanday yutuqlarga erishildi, bizning fiziklarimizning qilingan ilmiy ishlari jahonda tan olinganmi,  sizning ilmiy  ishingizning mohiyati nimadan iborat, ilmiy ishlaringizning fizika va matematika fanlari bilan qanday bog‘langan joylari bor, O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi qaerda quriladi, shu stansiyani bizda qurish shartmi, energiya olish uchun shamoldan foydalansak bo‘lmaydimi, avtomobillarni quyosh energiyasidan foydalanib yurg‘izish uchun O‘zbekistonda  ilmiy ishlar bajarilyaptimi, kelgusida chet ellarga borib o‘z bilimimizni chuqurlashtirishimiz uchun nima qilishimiz kerak, suv tanqisligi muammosi bizning davlatimizda yechilishi uchun qanday ishlar olib borilayapti  degan va boshqa fanning bir qancha sohalariga tegishli savolarni berdilar.

Sizni Prezidentimiz akademik qilib sayladi, siz bu yutuqlarga qanday erishganligingiz haqida gapirib bersangiz degan va  boshqa bir qancha shunga o‘xshash savollar  ham berildi. Berilgan barcha savollarga M.Mirsaidov  to‘liq javob qaytarishga harakat qildi. Institut xodimlari va iqtidorli yoshlari ilm-fanga katta e’tibor qaratayotganligi uchun Prezidentimizga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar. Xayrlashuv oldidan esdalik uchun uchrashuvda qatnashgan barcha yoshlar va  institut  xodimlari bilan rasmga tushildi.