Mazmundor davra suhbati
Shunday kitoblar bo‘ladiki, muayyan xalq taqdirida davriy hisobotlarni ifoda etadi. Ularda o‘sha davrning butun bir manzarasi ko‘z oldingizda xuddi kinotasmasidagidek bir-bir o‘tadi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” gi kitobi ana shunday asarlardandir.
2018 yil 23 yanvar kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 4-sonli talabalar turar joyida “Gumanitar fanlar” kafedrasi professori O‘ktam Mavlonov, tarbiyachi pedagog Javlonbek Qutlimurotovlar 9 - qavatda yuqorida qayd etilgan O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” gi kitobi to‘g‘risida davra suhbati o‘tkazishdi.
Kitobning zarurati va ahamiyatini quyidagicha ifodalash mumkin:
1. Mustaqillikka erishgandan so‘ng, uni qadrlash e’zozlash va mustahkamlash zarur;
2. Uni mustahkamlash uchun esa, avvalo, teran anglash zarur;
3. Uni teran anglash uchun esa o‘tmish tarixni haqqoniy, tahlikali shart-sharoitlarni bilish kerak;
4. Bilish uchun esa avvalo manbalarga asoslanish zarur;
5. Bu esa o‘sha davrda yashagan, boshidan kechirgan voqea-hodisa guvohlari bo‘lgan insonlarning hayotiy fikr-mulohazalari juda muhimdir;
O‘sha tahlikali davrda sizning bobo-buvilaringiz, ota-onangiz va yaqinlaringiz ham yashagan !
- 2010 yil Parij shahrida nashr etilgan “O‘zbekiston geosiyosati” kitobida O‘zbekistonning mustaqillik yillaridagi taraqqiyot yo‘li shunday hikoya qilinadi.
Ushbu kitob muallifi siyostashunos olim, professor J.Barra 2011 yil may oyida mamlakatimizda mehmon bo‘ldi va qilinayotgan ishlarni tahlil qilib: “O‘zbekiston o‘zi tanlagan yo‘ldan qat’iy ishonch bilan dadil bormoqda, demokratik tamoyillari asosida davlat, jamiyat va iqtisodiy qurilish sohalarida tobora ko‘proq yutuqlarga erishilmoqda. Xalqingizning bu boradagi yutuqlari dunyo taraqqiyotiga intilayotgan ko‘plab davlatlari uchun ibratdir!”
Davra suhbati ancha jonli va samimiy tarzda o‘tdi.
4-sonli TTJ tarbiyachi pedagogi Javlonbek Qutlimurotov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov