Mazmunli davra suhbati
Inson foydali va qoidali ish bilan shug‘ullansa, turmush tarzining sog‘lom bo‘lishiga muhim omildir. Talablar bilan shu xususda kechadigan tadbirlarning o‘rni va mohiyati kattadir.
2018 yil 21 fevral kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 4-sonli talabalar turar joyida “Gidromelioratsiya” fakulteti, “Fizika va ximiya” kafedrasi dotsenti Abduxakim Axmedov, 4-sonli talabalar turar joyi mudirasi Dilfuza Aminova, tarbiyachi pedagog Javlonbek Qutlimurotovlar “Sog‘lom turmush tarzi” mavzusida davra suhbati o‘tkazishdi.
Sog‘lomlik, avvalombor vaqtga, kasb-korga, atrof muhitga mas’uliyat bilan qarash demakdir. Mazmunli o‘tkazilgan umr, foydali ish bilan mashg‘ul bo‘lish yoxud sport o‘yinlari bilan oshna tutinishdir. Davra suhbatida xuddi shu masalalar bo‘yicha o‘zaro fikr almashindi.
4 –TTJ tarbiyachi-pedagogi Javlonbek Qutlimurotov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov