Institutda mehnat jamoasi konferensiyasi

Toshkent  irrigatsiya  va  qishloq ho‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari  instituti hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan hamkorlikda institutda  Mehnat intizomini mustahkamlash, xodimlar va talabalarni ijtimoiy himoyalash  bo‘yicha  amalga  oshirilgan ishlar  bo‘yicha, hamda 2018 – 2020 yillar uchun yangi jamoa shartnomasi loyihasini muhokama qilish yuzasidan mehnat jamoasi konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu konferensiyaga O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bosh mutaxassisi Begimqulova Shohida Bazarbaevna hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Birlashgan Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tursunboy Niyozovlar taklif etildi. Mehnat jamoasi konferensiyasida 100 nafar delegatlardan  92 nafari  qatnashdilar va 8 nafari ayrim sabablarga ko‘ra qatnasha olmadilar.

Institut ish beruvchi tomonidan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Qodirjon Shavazov Ochilovich, Mehnat jamoasidan Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Irisov Farruh Qobil o‘g‘li hamda konferensiyamizga tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tursunboy Niyozov hamda O‘Z.Res. Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bosh mutaxassisi Begimqulova Shohida Bazarbaevnalar qatnashdilar.

Konferensiya kun tartibida qator masalalar  belgilangan bo‘lib, har ikkila tomonning ma’lumoti o‘qib eshittirildi. 2017 yil mobaynida kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan bajarilgan ishlari yuzasidan ham ma’lumot berildi.

Institut mehnat jamoasi konferensiyasida 2017 yilda  qilingan  ishlar  to‘g‘risidagi  ma’lumotini tinglab va muhokoma qilib, shuni ta’kidlaydiki, oliy va o‘rta maxsus ta’limni isloh  qilish  qarorlarini  hayotga  tadbiq  eta  borib,  institut  rahbariyati  va kasaba uyushma qo‘mitasi professor – o‘qituvchilari, xodimlari  hamda  talabalarni  ijtimoiy  –  iqtisodiy  manfaatlarini  himoyalash  bo‘yicha  ijobiy  ishlarni  amalga oshirib  kelganlar.  Shu  jumladan  kasaba  uyushmasi  qo‘mitasi ish beruvchi bilan birgalikda urush qatnashchilari, mexnat faxriylari,  yubilyarlarni  taqdirlash  va  boshqa  tadbirlarni  tantanali  o‘tkazib  kelmoqda.

2016 – 2018  yillar  davriga  mo‘ljallangan  jamoa  shartnomasining 2017 yil davomida bajarilgan ishlari konferensiya delegatlari orasida muhokama qilindi, shartnomada mehnatkashlarni ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilishga ta’luqli bo‘lgan barcha bandlari mavjudligi ko‘rib  chiqilib  ma’qul  deb  topildi  va  bir  ovozdan  tasdiqlandi.

Kelgusida Kasaba uyushmasi qo‘mitasi va institut hamkorligida talabalar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ko‘lamini yanada kengaytirish ularni ijtimoiy himoyalash bo‘yicha qator ishlar rejalashtirilganligi va amalga oshirish ishlari boshlab yuborilganligini ta’kidladi. Mehnat jamoasi konferensiyasi ishi qoniqarli deb baholandi.