Mehribonlar mehri
Inson zoti borki, e’tiborga, ehtiromga muhtoj. Xalqimizning qon-qoniga singib ketgan mehr-oqibat, insoniylik fazilatlari har doim muhim ahamiyat kasb etib kelgan.
“Gidromelioratsiya” fakulteti yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan fakultet faol talabalaridan iborat bir guruh yoshlar Toshkent shahrida joylashgan 21-son mehribonlik uyiga tashrif buyurib, ularning holidan xabar olishdi. Tashrif davomida mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga talabalar tomonidan sahna ko‘rinishlari, she’rlar, o‘yinlar tashkil qilinib jajji kichkintoylarning ko‘ngliga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi. Tashrif so‘ngida bolajonlarga talabalar tomonidan tashkil qilingan sovg‘alar topshirildi.
Mehribonlik uyi rahbariyati institut rahbariyati hamda talabalarga minnatdorchilik bildirishdi. Sizlarni ham safimizga chorlaymiz aziz talabalar. Yoshlar ittifoqiga qo‘shiling-yoshlar kelajak bunyodkori.
“Gidromelioratsiya” fakulteti yoshlar yetakchisi S. Vapaev axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov