Mehrigiyosi bo‘lsin
Shifo bobida mo‘miyoning mehrigiyosi bor. Lekin so‘z qudrati, tasvir lazzati bois muhim muammolarni ko‘tarib chiqish, jamiyatning og‘riqli nuqtalariga jamoa e’tiborini qaratishda ayrim ko‘rsatuvlarning o‘z o‘rni, sezilarli ta’siri borligi ma’lum. Ana shunday teleko‘rsatuvlardan biri “Mehrigiyo”dir.
2018 yil 9 martda institut yoshlar ittifoqi yetakchilari hamda xotin-qizlar kengashi hamkorlikda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “”Mahalla” telekanali orqali efirga uzatib kelinayotgan ana shu nomli ko‘rsatuvida ishtirok etishdi.
Institutimizning talabalari bilan o‘tkazilgan ushbu ko‘rsatuvda “Qandli diabetning oldini olish” mavzuida so‘z bordi. Unda malakali shifokorlar o‘z mulohazalari, tavsiya va ko‘rsatmalari bilan qimmatli maslahatlarini berdilar.
Institut xotin-qizlar qo‘mitasining raisi Z.Hafizova axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov