Milan Mesichning hayrati
Xorijlik olimlarning yurtimizga tashrifi va ularning o’z ma’ruzalariga bo’lgan talabalarning qiziqishlari har bir chet ellik mutaxassisni ajablantirmasdan qo’ymasligi tayin. Bu esa talaba-yoshlarimizning intellekt darajasi yuqori bo’layotganini, ilmiy izlanishlarga qiziqishi ustuvor ekanligini bildiradi.
2018-yil 27-aprel kuni Xorvatiya davlatining Zagreb instituti “Qishloq xo’jaligi” fakulteti professori Milam Mesich Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining “Gidromelioratsiya” fakulteti “Suv xo’jaligi va melioratsiya” ta’lim yo’nalishi 1-bosqich talabalari va “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasining professor-o’qituvchilari hamda magistrlar ishtorikida “Influence of nitrogen fertilization to subsurface drainage water quality” (Azotning oqava suvlariga ta’siri) mavzusida muammoli ma’ruza o’tkazildi. Ushbu muammoli ma’ruzada azotning zovur suvlariga yuvilib chiqib ketishi bo’yicha ilmiy va amaliy ish olib borilgan tadqiqot natijalari to’g’risida ma’lumotlar berildi. Qit’alar miqyosida yiliga aholi jon boshiga to’g’ri keladigan azot 17 kg. ni tashkil etadi.
Ma’ruza yakuni savol-javoblarga boy bo’lib, bu esa o’z navbatida ma’ruzani yanada qiziqarli va tushunarli bo’lishiga yordam berdi. Shu jumladan professor Milan Mesich “Men bugun sizlarga tushuntirgan ma’ruzam bu darajada qiziqarli va savol-javoblarga boy bo’lishini xayolimga ham keltirmagan edim. To’g’risini aytganda, bugungi, hozirgi ma’ruzaga sizlarning qiziqishlaringiz meni bu institutda yana shu kabi ma’ruza emas balki, bir necha ma’ruzalar o’tishga ruhlantirdi” - deya o’z ma’ruzasini yakunladi.
“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi mudiri, dotsent Suvanov B.U. axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov