Moskva davlat xalqaro aloqalar instituti qoshidagi akademik litseyi direktorining TIQXMMIning "International House Tashkent" akademik litseyiga tashrifi
20-21 aprel kunlari TIQXMMIning «International House Tashkent» akademik litseyining faollar zalida ushbu akademik litseyi direktori A.X.Tillaev, MDXAI qoshidagi Gorchakov nomidagi akademik litseyi direktori R.I.Kotov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvdan asosiy maqsad TIQXMMIning «International House Tashkent» akademik litseyida alohida tajriba guruhlarni tashkil etish ushbu guruhlarga Rossiya standartlari asosida bilim berish va bu jarayonga MDXAIning pedagoglarini jalb qilish, ularning metodikalarini o‘rganish, tajriba almashish ko‘zda tutilgan.
Shu bilan bir qatorda o‘quv dasturi asosida ushbu tajriba guruhlariga chuqurlashtirilgan fanlardan bilim berish, ularning ta’lim–tarbiyasiga jiddiy yondashish, eng asosiysi MDXAIga grant asosida o‘qishga kirishi rejalashtirilgan.
Tashrif mobaynida litseyning talaba-yoshlari R.I.Kotov bilan ham suhbatda bo‘lishdi. O‘quvchilarning erkin fikr yuritishlari uchrashuvni yanada jonlantirdi.
Uchrashuv qatnashchilari o‘zlari qiziqgan savollariga javob olishdi hamda Rossiya davlatining ta’lim jarayoni, o‘quvchi-yoshlarning hayoti, ularning qiziqishlari va litsey hayotidagi o‘rni haqidagi savollari va o‘zlarining sermazmun javoblari bilan o‘rtoqlashishdi.
Bizning talabalarimiz MDXAI talabalarining bilim darajasini belgilovchi testlardan muvaffaqiyatli o‘tishdi. Ushbu natijadan MDXAI qoshidagi akademik litsey direktori R.I.Kotov ham hayratda qoldi, chunki bizning talabalarimiz testlarni belgilangan vaqtdan oldin a’lo darajada topshirganliklari, hatto MDXAI talabalari bu ko‘rsatgichni ko‘rsata ololmasliklarini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Uchrashuv yakunida MDXAI qoshidagi Gorchakov nomidagi akademik litsey direktori Roman Igorevichga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Roman Igorevich Toshkentga ikkinchi marta tashrif buyurganligi va har bir tashrifida shahrimiz haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. U o‘z so‘zida: «Shahringiz juda go‘zal, xalqi mehmondo‘st, shirinso‘z, har tashrifimda shahringiz meni o‘ziga rom etadi, ayniqsa bahor faslining o‘zgacha tarovati, go‘zalligi, o‘t-o‘lanlarning yoqimli isi shahringizga tashrif buyuruvchi har bir insonni diliga zavq bag‘ishlaydi»-desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Men albatta o‘z o‘quvchilarimga sizning jannat-makon yurtingizga tashrif buyurishlarini, ayniqsa ana shu ajoyib manzaraning guvohi bo‘lishlarini baralla ayta olaman. IXT talabalari rus tilini, o‘zbek tilini hamda bir nechta tillarni mukammal bilishlari ularning yutuqlari deb bilaman deya o‘z fikrini davom ettirdi. R.I.Kotov ham ingliz va nemis tillarini mukammal bilishini aytib o‘tdi. Uchrashuv taassuratlarga boy bo‘ldi. Shu nuqtai nazardan ikki o‘quv tashkilotlar o‘rtasida hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yildi. O‘qituvchilarning o‘zaro tajriba almashishlari,xalqaro dastur asosida talabalarga ta’lim –tarbiya berish va shu bilan birga bizning talabalarimiz MDXAIga o‘qishga kirishlariga yordam bo‘lishi kelishib olindi. Ikki tomon ushbu uchrashuv, natijalaridan qoniqishdi.
TIQXMMIning «International House Tashkent» akademik litseyi o‘qituvchi hamda o‘quvchilari MDXAI qoshidagi Gorchakov akademik litseyi bilan hamkorlik ishlari davom etishiga umid qilishadi.