Muammoli seminar

2018 yil 2 mart kuni TIQXMMI “Iqtisodiyot va menejment” fakulteti B-106 o‘quv auditoriyasida soat 10:00 da fakultetning “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan 4-kurs talabalariga “Odil audit” auditorlik tashkiloti auditori Hojimurodov Nizomjon Shukurilloevich tomonidan “Xalqaro audit standartlari asosida moliyaviy hisobot auditi” mavzusida muammoli seminar o‘tkazildi.

Shu bilan birga ma’ruzachi moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda mavjud muammolar haqida to‘xtalib o‘tdi. Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalari bilan o‘rtoqlashdi. Seminar qizg‘in bahs-munozara, savol-javoblar tarzida o‘tdi.

Ma’ruzachi talabalarning Xalqaro audit standartlari va moliyaviy hisobotlar auditiga oid savollariga o‘z javoblarini berdi.

Ma’ruza davomida fakultet dekani Kucharov Olimjon Ro‘zimurotovich, “BH va A” kafedrasi mudiri Mamatqulov Murodjon Shukurovich hamda fakultetning yukori kurs talabalari ishtirok etishdi.

 

“Iqtisodyot va menejment” fakulteti тalabalar kengashi sardori Jahongir Saidahmedov axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov