Muammoli seminar

2018 yil 23 fevral kuni TIQXMMI “Iqtisodiyot va menejment” fakulteti B-108 o‘quv auditoriyasida soat 10:00 da fakultetning “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalariga “Alimkent PTZ” tashqi auditori “Granit audit” MChJ direktori Xo‘jayev Baxtiyor Odilxonovich, “O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi me’yoriy xujjatlarni takomillashtirish” mavzusida muammoli seminar o‘tkazdi. Ma’ruza davomida fakultet dekani O.Kucharov, “BH va A” kafedrasi mudiri M.Mamatqulov hamda fakultet talabalari ishtirok etishdi. Ma’ruzachi bugungi kunda audit va buxgalteriya sohasiga oid me’yoriy xujjatlar bilan tanishtirib o‘tib, mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha o‘z fikr mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.Seminar  qizg‘in bahs munozaralar, savol-javoblar tarzida o‘tdi. Ma’ruzachi talabalarning audit va buxgalteriya sohasiga oid qiziqtirgan savollariga o‘z javoblarini berdi hamda talabalarning o‘quv amaliyotlarini tashkil etishda “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi bilan hamkorlik qilish bo‘yicha kelishib olindi.

Mamatkulov Murodjon Shukurovich, "Buxgalteriya xisobi va audit" kafedrasi mudiri