Murojaatnomaga munosabat
Odatda, vatan va xalq oldida katta va mas’uliyatli, zalvorli va buyuk ishlar turganida davlat rahbari murojaatnoma e’lon qiladi. Bu tarixda bor bo‘lgan haqiqat. O‘zbekistonning rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan o‘rin egallashiga erishish asosiy maqsadimiz bo‘lganidan keyin boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 22 dekabrdagi Oliy Majlis senati va qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnomasi ham xuddi shu maqsadda davr talabidir.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida ham ushbu murojaatnomaning mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlari boshlab yuborilgan.
Institutimiz professor-o‘qituvchilari va xodimlarining siyosiy, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini samarali tashkil etish maqsadida, ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 22 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib kilish yuzasidan ochiq ma’ruza bo‘lib o‘tdi. 2018 yilning 5-yanvar kuni soat 13.00 da o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi yuristlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazining kafedra mudiri, yuridik fanlar doktori, professor Toshev Boboqul Norqobilovich ishtirok etdi. Ular mavzu yuzasidan ilmiy va nazariy jihatdan asoslangan, hayotiy misollar bilan boyitilgan qiziqarli ma’ruzasi bilan ko‘pchilikning e’tiborini qozondilar. Professor-o‘qituvchilarning mavzu bo‘yicha bergan savollariga keng va atroflicha javob bergan professor Boboqul Toshevga samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz.
“Gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Bahriddin Muqimov axboroti
Institut matbyuuot kotibi: Rahimboy Jumaniyozov