Mustaqillik me’mori

2018 yil 26 yanvarda O‘zbekiston temir yo‘llari aksiyadorlik jamiyati Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan, “Islom Karimov - yangi davr o‘zbek davlatchiligining asoschisi” mavzuida respublika ilmiy-nazariy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Ushbu  konferensiyada  “Yerdan foydalanish va Yer kadastri” fakulteti  2 - kurs 3 - guruh murabbiyi va talabalari “Ustoz - otangdek ulug‘” maqolasi bilan ishtirok etishdi.

Ilmiy anjumanda talabalar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mita raisi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori Akmal Xolmatovich Saidov, O‘zbekiston xalq artisi, Munojot Yo‘lchieva va  institut rektori M. Rasulovlar bilan uchrashib ulardan qimmatli maslahatlar olishdi.

“Yerdan foydalanish va yer kadastri” fakulteti 203-guruhi murabbiyi O‘tkir Pirmetovich Islomov axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov