Nafosat bayrami

Institutimizning 3-Talabalar turar Joyida 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar bayrami talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba yigitlarimiz tomonidan  qizg’in tashkillashtirildi va qiziqarli o'yinlar tarzida havola etildi.

Inistitutimiz talabalarining "Shunchaki" jamoasi qiziqarli chiqishlari bilan talaba qizlarimiz qalbiga quvonch, yuzlariga tabassum ulashdi. Tadbir davomida  talaba yigitlarimizdan O'lmasjon Nazarov  “Ayol – jamiyatning gultoji, u millat davomchisi, hayotimiz, xonadonimizni ezgulik, yaxshilik, mehr-muhabbat, iffat-u nafosat nuri ila munavvar qiladigan muqaddas zotdir” - deya o'zining «Onajonim» she'rini  ijro etib ularga baxsh etdi.

 

Bilmadim ne bo'ldi ahvoli,

Sog'insam ham chidab yuribman.

Tashvishlar o'rab to'rt tomonim,

Onamni eslamay qo'yibman.

Vaqt o'tar oradan bilinmay,

Eslashga bir bora urinmay.

Bir kunda bir bora ko'rinmay,

Onamni eslamay qo'yibman.

Ne bo'ldi menga ayt, shoirim,

Go'zallar oldimi xayolim,

Onamni eslamay qo'yibman.

Ko'zlari sog'inchdan mo'ltirar,

Men bo'lsa bilmasdan yuribman,

Mushtipar uyda jim o’ltirar,

Onamni eslamay qo'yibman.

Uyqu ham kelmaydi ko'zimga,

Uyatdan qarolmay yuzimga,

Onamni eslamay qo'yibman.

Tadbir so'ngida 3-Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba qizlarga sovg'alar tarqatishdi. Savol va javoblar yo‘sinida o‘tkazilgan tadbir ko‘pchilikda iliq taassurot qoldirdi.

Ushbu tadbirni tashkillashtirgan pedagog tarbiyachi Aziza Xayitova Inistitut Boshlag'ich Tashkiloti Yoshlar Ittifoqiga samimiy minnatdorchilik bildirildi.

“Iqtisodiyot va menejment” fakulteti talabalari kengashi sardori

Jahongir Saidahmedov axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov.