Navoiy dahosiga ta’zim
Dori-darmon davolaydi, so‘z ham davolaydi. Ayrim dorilarning foydalanish muddati tugaydi. So‘z bilan bog‘liq shifo quvvati esa abadiydir. Muddati chegaralanmagan, to‘g‘ri anglab, to‘g‘ri qabul qilinsa u shifobaxsh. Dori-darmon tanani davolasa, so‘z ruhiyatning shifokoridir. Shuning uchun ham Ibn Sino shifo quroli sifatida uchta narsani ifoda etgan: til, dori va tig‘dir. Bularning birinchisi aynan ruhiyatni davolaydi, qolgan ikkitasi esa tanani. Shunday ekan, har qanday kasallik ruhiyatdan tanaga ko‘chadi. Ruhiyat injenerlari sifatida adiblar, allomalar bir so‘z bilan aytganda ijod ahli, san’at ahli tushuniladi.
Hazrat Navoiyning 577 yilligiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbirlar mazmunli tarzda o‘tkazilmoqda.
Institutimizning 2-TTJ da Alisher Navoiyning 577 yilligi bag‘ishlangan "Navoiyning navosidan nur olib" mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni filologiya fanlari nomzodi, dotsent, “Antik dunyo” xalqaro ilmiy akademiyasining akademigi Jumaniyozov Rahimboy Matkarimovich olib bordilar. 2-TTJ tarbiyachi-pedagogi, psixolog Sagdullaeva Dilorom Muxiddinovna davrani ochib ustozga so‘z berdilar.
Unda, filologiya fanlari nomzodi, hazrat Navoiyni tushunish, uning asarlarini mutolaa etishning xosiyati borasida so‘z yuritdilar. Institut talabalariga Navoiy she’riyati bilan bog‘liq holda ayrim savollarni berib ularni ruhlantirdilar.
Tadbirda katnashgan talabalar fakulteti GTK fakulteti, GIM fakulteti, SXA va M fakulteti talabari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan ustozga murojaati qildilar. So‘ngra o‘zbek xalq qo‘shiqlarining to‘plovchisi va tadqiqotchisi Muzayyana Alaviyaning Navoiy ijodi haqida gapira turib aytgan bir fikrlarini keltirdilar. “Navoiy shunday zotki, har bir g‘avvos uning she’riyat ummoniga sho‘ng‘isa o‘ziga yarasha nimadir olib chiqadi, chuqurroq sho‘ng‘iy olmasa maydaroq gavharni, chuqurroq sho‘ng‘isa kattaroq gavharni olib chiqishi mumkin. “Shu ma’noda har kimning o‘z Navoiysi bor, har kim hazratni o‘z tushunchasi bilan tushunadi, o‘z qalb qarichi bilan baholaydi.
So‘ngra R.Jumaniyozov Navoiy dahosi va zakosining takrorlanmasligi, hayotiy haqiqatni yuksak badiiy haqiqatga aylantira olish salohiyati borasida gapirdi. Mangulikka muhrlangan mutafakkir bo‘lish hammaga ham nasib etavermaydi. Navoiy o‘zidan oldin o‘tgan salaflarning ijodiga yuksak ehtirom bilan qaragani va shu yo‘sinda ulardan ilhomlanib o‘lmas asarlar yaratgani rost. U Navoiy ijodiyotida inson kamoloti muhim o‘rin tutganligini misollar asosida keltirdi.
Institut rahbariyati o‘z minnatdorchiligini bildirib talabalarning qarsaklari sadosi ostida ustozlarni kuzatib qolishdi.
Tadbir barchada Navoiy ruhini shod etish, hazratning asarlarini yod etish ma’nosida katta ahamiyatga molik bo‘ldi.
“Gumanitar fanlar” kafedrasining o‘qituvchisi Bahriddin Muqimov axboroti
Institut matbuot kotibi RPahimboy Jumaniyozov