Navoiyni tinglash va anglash lazzati
Yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida bobokalonimiz Mir Alisher Navoiyning 577 yillik tavallud ayyomi keng nishonlandi.
Xususan, joriy yilning 20 fevral kuni ham institutimizda she’riyat mulkining sultoniga bag‘ishlangan tadbir ham ancha jonli va samimiy ruhda kechdi. O‘lmas asarlari takror va takror tilga olindi. Institut axborot resurs markazi xodimi Nurilniso Mustyapova tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbir haqli ravishda talaba-yoshlarni bir makonga birlashtirdi deyish o‘rinlidir. Ustoz va shogirdlarning qalbi, dili, e’zozi va ehtiromi ham uyg‘unlashdi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ustozimiz “Antik dunyo”, “Turon” fanlar akademiyalarining akademigi, muqtadir voiz Raximboy Jumaniyozovning ishtiroki barcha tadbir qatnashchilari qalbida o‘chmas iz qoldirdi. Talaba yoshlarimiz tomonidan buyuk iste’dod vakili Mir Alisher Navoiyning g‘azallari nafaqat ona tilimizda, balki rus, ingliz va nemis tillarida ham yangradi.
Institutimiz talabalari R. Raxmatov, D. Narzullaeva, J. Toshmatov, S. Hoshimov, M. Rustamova, B. Abdurasulov, L. Habibullaeva, J. Saidaxmedovlarning faol ishtiroki sabab tadbir ko‘ngildagidek o‘tdi.
Talabalar hazrat Navoiyning hayoti va ijodi borasida to‘laroq ma’lumotga ega bo‘lishdi. Tadbirni mazmundor o‘tishidagi xizmatlari uchun ustozlarimiz Rahimboy Jumaniyozov va Komila Rahimovalarga minnatdorchilik bildirildi.
Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i D.Siddiqova
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov