Nazm va navo kechasi
Joriy yilning 20 dekabr kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 4-sonli talabalar turar joyida “She’riyat kechasi” o‘tkazildi.
Tadbirda talabalr turar joyi direktori Yuliev Zokir, “Gidromelioratsiya” fakulteti dekan o‘rinbosarlari Xayrulla To‘ychiev, Bayramali Muqimov, Axborot resurs markazi xodimi Dilfuza Sobirova, “Gidromelioratsiya” fakulteti xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Dilfuza Madazizova, 4-sonli talabalar turar joyi komendati Dilfuza Aminova, Javlonbek Qutlimurotovlar ishtirok etishdi.
Tadbir kechasida Azizjon Zokirjanov boshlovchilik qildi. Komila Jumanazarova, Azizbek Musaev, Abdulla Qosimov, Fotima Mamajanova, Nurbek Kamolov, Nihola Isaqulovalar yozuvchi va taniqli shoirlarimizning she’laridan yoddan o‘qib berishdi.
Tadbirda talabalar sahna ko‘rinishi hamda 4 — sonli talabalar turar joyidagi talabalardan tashkil topgan debyut QVZ chilar 2 — bosqich 208 guruh talabasi Abdulla Qosimov, 1 — bosqich 108 — guruh talabasi Shahriyor Muxamadiev, 2 — bosqich talabasi 201 — guruh talabasi Asliddin Quvondiqovlar — “GAP KO‘P TRIOSI” jamoasi talabalarimizga yangi yil bayramiga bag‘ishlangan qiziqarli o‘yinlar va chiqishlari bilan talabalarimizni yanada kayfiyatini ko‘tardi.
Tadbir so‘ngida mehmon san’atkor O‘zbekiston Davlat San’at va madaniyat instituti kino va radio san’ati fakulteti 3 — bosqich talabasi Muxammad Xo‘janov jonli ijroda qo‘shiq aytib berdi.
Ayniqsa, O‘zbekiston halq artisti Sherali Jo‘raevning “Birinchi muhabbatim” qo‘shig‘ini Muxammad Xo‘janov kuylaganida barcha talabalar bu qo‘shiqqa jo‘r bo‘lishdi.
4 — TTJ tarbiyachi pedagogi Javlonbek Qutlimurotov axboroti
Institut matbuot kotibi: Rahimboy Jumaniyozov