Niqoblanish san’ati
Ma’lumki, islom dinini niqob qilib odamlarni bir-biriga qarshi qo‘yib qon to‘kishni tashkil qilayotgan, amalda o‘zining huzur-halovatini o‘ylayotgan kimsalarni Yevropada fundamentalistlar Markaziy Osiyoda aqidaparastlar yoki ekstremistlar deb ataydilar. Uning qanday turlari borligi borasida ma’lumotga ega bo’lish ogohlikka da’vatdir.
2-Talabalar turar joyida GTQ, QSXEA fakultetlari talabalari bilan "Diniy fundamentalizm va ekstremizim" mavzusida tarbiyachi-pedagog, psixolog Sagdullayeva Dilorom Muhiddinovna davra suhbati olib bordilar. Jumladan, ushbu mulohazalari bilan talabalarning diqqat-e’tiborini tortdi.
Ekstremist lotincha so‘z bo‘lib “o‘ta”, ya’ni ijtimoiy-siyosiy xarakterdagi muammolarni hal etishda, o‘ta keskin chora-tadbirlar fikr qarashlarni yoqlovchi nazariya va amaliyot. Ekstremizm mazmuniga ko‘ra diniy va dunyoviy, namoyon bo‘lishiga ko‘ra hududiy, mintaqaviy va xalqaro shakllarga bo‘linadi. Ekstremistik qarashlar juda chuqur ildizlarga ega bo‘lib, hech qachon chegara bilmagan, din, millat, hududni tan olmagan. Ekstremizmning siyosiy-iqtisodiy va mafkuraviy ko’rinishlari mavjud bo‘lgani holda, u barcha dinlar doirasida rivojlangan.
Diniy ekstremizm islom olamida ham keng tarqalgan, diniy ekstremistlar qayerda faoliyat ko‘rsatmasin asosiy maqsadi diniy davlatni barpo etish bo‘lib, bu maqsadga o‘zaro nizolar, qurolli to‘qnashuvlar orqali, yana qon to‘kish va zo‘ravonlik bilan erishishni ko‘zlaydilar. Bu esa mustaqillikka ham, jamiyat taraqqiyotiga ham katta g‘ov buladi. Ekstremistik guruhlarning yagona maqsadi hokimiyatni qo‘lga kiritish bo‘lib, bu yo‘lda ular eng jirkanch usullardan foydalanadilar. Ekstremizm xavfi haqida to‘xtalib, aslini olganda, xavfsizlikka solinayotgan tahdidlar ancha serqirra, ular siyosiy ekstremizm, shu jumladan, diniy ruhdagi ekstremizmni, millatchilik va milliy mahdudlikni, etnik va millatlararo mahalliychilik va urug‘ - aymog‘chilik asosidagi biddatlarni, korrupsiya va jinoyatchilikni, ekologiya muammolarini o‘z ichiga oladi.
Mafkuraviy nuqtai nazardan ekstremizm har qanday boshqacha fikrlarni inkor etadi, o‘zining mafkuraviy va diniy qarashlarini qo‘pol ravishda, majburlab, qabul ettirishga harakat qiladi. O‘z muholiflarini turli vositalar bilan majburlaydi. Ekstremistlar o‘z tarafdorlaridan ularning har bir buyruqlarini so‘zsiz bajarishni ularga ko‘r-ko‘rona ishonishni talab qiladi, o‘z qarashlarini himoya qilarkanlar aqlga emas, his-tuyg‘ularga suyanadigan, ommaning tudaning instinktiga suyanadilar.
Hozirgi kunga kelib, diniy-ekstremistik oqimlar va terroristik guruhlar o‘z saflarini kengaytish maqsadida turli usullarni qo‘llamoqdalar. Jumladan, ular ko‘pincha hali mavkuraviy jihatdan to‘liq shakllanmagan yoshlarga diniy ta’lim berish niqobi ostida, har xil aldov yo‘llari bilan o‘zlarining qo‘poruvchilik g‘oyalarini singdirib, keyinchalik davlatimizda notinch vaziyatni yuzaga keltirish orqali, o‘zlarining diniy davlat qurishga bo‘lgan urinishlarini amalga oshirishda foydalanishga harakat qilib kelmoqdalar.
Yuqorida bayon qilingan fikrlardan xulosa qilish mumkinki ekstremizm, aqidaparastlik, fanatizm, terrorizm garchi tarixiy kelib chiqishi va boshqa juz’iy jihatlari bilan bir-biridan farq qilsa-da, lekin bir-birini to‘ldirib kelgan. Diniy fundamentalizm va ekstremizm mavjud ekan, terrorizm xavfi va tahdidi hamma vaqt saqlanib qoladi. Zero, terrorizm o‘zining g‘oyaviy va mafkuraviy ozig‘ini ulardan oladi va ularga tayanadi.
Diniy fundamentalizm va ekstremizm asosida vujudga kelib, terrorchilik usullarini qo‘llayotgan islom niqobidagi turli tashkilotlar va harakatlarga qarshi samarali mafkuraviy kurash olib borishda, ularning g‘ayriinsoniy mohiyatini anglab yetish muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqimiz ayniqsa, yoshlarimiz ongiga tahdid solishiga harakat qilayotgan mazkur oqimlarning ta’siriga tushib qolmaslik uchun ma’naviy salohiyatimiz yetuk bo‘lishi, har birimiz doimo ogoh bo‘lishimiz yurt tinchligi xalq farovonligi yo‘lida o‘z hissamizni qo‘shishimiz lozim.
2 - sonli TTJ tarbiyachi - pedagogi, psixolog Dilorom Sagdullayeva axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov