Ochiq ma’ruza

19.02.2018 yil kuni YeF va YeK fakulteti 5410700 - YeT va YeK hamda 5111000 - Kasb ta’limi (5410700-YeT va YeK) ta’lim yo‘nalishlarining 4-kurs talabalariga “Yer tuzishni loyihalashning avtomatlashtirilgan tizimlari” fanidan ochiq ma’ruza bo‘lib o‘tdi.

 

Ochiq ma’ruzadan ko‘zlangan maqsad, talabalarga yerlardan oqilona foydanish va ularni muhofaza qilish masalalarini, loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish hisobiga qabul qilinadigan yechimlarni olishning tezkorligini oshirish, ular sifatini yaxshilash va mehnat sarfini kamaytirish imkonini beradigan, sifat jihatdan yuqori darajada ma’lumotlarni olish, tahlil qilish va optimallashtirish texnologiyalarini qo‘llash va amalda tadbiq etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga yordam beradigan avtomatlashgan tizimlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

  

O‘tkazilgan ochiq ma’ruzada fakultet dekani, professor-o‘qituvchilar  va 4 - kurs talabalari ishtirok etishdi.

 

“Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi katta-o‘qituvchisi

Abduraxmonov Sarvar Narzullaevich ma’lumoti