Oyga osilgan bayroq
"Ibratli, ijodkor insonlar" ruknidagi navbatdagi muloqot O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, iste'dodli shoir Muhammad Ismoil bilan kechdi. Tadbirda taniqli insonlardan Anvar Sobirov, jurnalistlardan Yulduz Oripova, Shahnoza Hayitaliyeva, Nodir Asatillayev, "Payshanba" qiziqchilar guruhi ishtirok etib o'zlarining samimiy tilaklarini bildirishdi. Tadbir avvalida ko'p yillar davomida rahbarlik lavozimlarida ishlagan Ahmadjon aka shoirning hayotiy va ijodiy faoliyatiga daxldor o'z mulohazalarini o'rtoqlashdilar. So'ngra shoirning adabiyot olamiga kirib kelishiga sabab bo'lgan omillar haqida o'zlaridan ma'lumot qabul qilindi.
Dastavval, shoir haqida muxtasar ma'lumot keltirishni maqsadga muvofiq bildik.
Muhammad Rahmonqulovich Ismoilov 1964 yilining 13 martida Sirdaryo viloyatining Xovos qo‘rg‘onida tug‘ilgan. 1971 – 1981 yillarda 85 – o‘rta maktabda, 1981 – 1986 yillarda hozirgi O‘zMU jurnalistika fakultetida tahsil olgan.
Ilk she’riy to‘plami “Tazarru saodati” 1991 yil chop etilgan.
SHundan so‘ng “Tasavvur chiziqlari” (1998), “Ko‘ngil mulkiga safar” (2001), “Sahroyi gullar” (2001),“Siz hamon o‘shasiz” (2003), “Sizni sevmay bo‘ladimi” (2005), “Bahorning eng so‘nggi lolasi” (2006),“CHiroylisan, tengi yo‘q” (2007), “Ko‘ksimni kuydirgan alanga” (2008), “Osmon to‘la orzular” (2011), “Meni kuchliroq sev” (2012), “Osmoningdan uzilma ey, dil!”(2014), “To so‘nggi nafasgacha”(2015), “Millat yuragining durdonalari”2016), “Gapning qisqasi yaxshi” kitoblari chop etilgan. Adibning hikoyalari asosida “Luchezarnaya” (2011) kitobi rus tilida nashr etildi. Adib mohir tarjimon hamdir. Marina Svetaeva, Boris Pasternak G.G. Markes ijodidan sara namunalarni o‘zbek tiliga o‘girgan.
Muhammad ISMOIL asarlari asosida “Izg‘irinli kunlarning biri”, “Qismat”, “Oy chiqmagan oqshom”, “Yangi oy chiqqan kecha”, “Mohinur”, “Atirgul”, ”Antiqa debyut”, “Balog‘at bekati”, “Yulduzsiz osmon”, “Qalbim ardog‘i” kabi videofilmlar ekranlashtirilgan.
Ikki yuzdan ortiq she’rlari mashhur xonandalar tomonidan kuyga solinib qo‘shiq qilingan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyotni targ‘ib qilish byurosi bosh muharriri (1987-1989), O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiy konsultanti (1989-1993), “Yoshlik” jurnali bosh muharriri o‘rinbosari (1993-1996), “Oila va jamiyat” gazetasi bosh muharriri (1996-1998), O‘zbekiston Milliy teleradiokampaniyasi, “O‘zbekiston” telekanali bosh direktori o‘rinbosari (1998-2006), G‘afur G‘ulom nomidagi NMIU direktor o‘rinbosari – bosh muharrir (2006-2009), TDSM instituti rektoratida matbuot bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlab kelgan.
U O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. “Istiqlol tonggi” mukofoti sovrindoridir.
Uning ijodida xalqona soddalik va falsafiy mushohada ustuvorlik qiladi. Tadbirda ana shu ruh hukmronlik qildi. Shoirning muxlislari va tashrif buyurgan mehmonlarning dil o'zlaridan hamshuni ilg'ab olish qiyin emas edi.
Ma'naviyat va ma'rifatga oshna, kitobqa tasha qalbgina el-yurt manfaati yo'lida fidoyilik ko'rsata oladi.
“Gumanitar fanlar” kafedrasining o’qituvchisi Bahriddin Muqimov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov