Huquqlar davlat himoyasida

O‘zlikni anglash huquqni tanishdir.  Huquqiy savodxonlikka ega bo‘lmaguncha inson mustaqillk mohiyatini idrok eta olmaydi. Shuning uchun ham "Mustaqillik bu avvalo, huquq" demakdir.

    Joriy yilning 23 noyabrida institutning faollar zalida O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Xotin-qizlar qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Oila" ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi hamkorligida "Xotin-qizlar huquqlari davlat himoyasida" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Ushbu davra suhbatiga Mirzo Ulug‘bek tumani FXDYo bo‘limi mudiri Abdurasulova Zulfiya Xaytboevna,  "Oila"  ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi rahbari  Abduraxmonova Nigora Raximjonovna va O‘ZMTDP Toshkent shahar Kengashi "Ayollar qanoti" yetakchi mutaxassisi Miralieva Lola Abdunabievnalar hamda institutning QXM va GIM fakultetlarining talaba qizlari N. Xoliqova, M. Turdibaevalar qatnashdilar.

FHDYО bo‘limi rahbari Z. Abdurasulova Oilaviy ajrimlar, nizoli holatlar hamda milliy mentalitetga zid bo‘lgan turli yot xavf-xatarlarning oldini olish to‘g‘risida, N.R. Abduraximova  Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutining mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-5325-sonli farmonini ijrosini ta’minlash hamda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda ijtimoiy hamkorlik" mavzusida ma’ruza qildilar. Shundan so‘ng talabalar bilan birgalikda savol va javoblar bo‘lib o‘tdi.

Institut xotin-qizlar qo‘mitasining raisi Z.Xafizova axboroti

Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov