O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq institutimiz o‘qituvchilari “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandilar
2017 yilning 9-dekabr kuni “O‘zbekiston” halqaro anjumanlar saroyida “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni” ga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq institutimiz “Traktor va avtomobillar” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi Komilov Asil Ikromovich hamda institut huzuridagi “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti” direktorining o‘rinbosari texnika fanlari doktori, professor Toshboltaev Maxamad Tojalievichlar mamlakatimizning yuksak mukofoti “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandilar.
Ustozlarni davlatimizning yuksak mukofotlari bilan samimiy tabriklab, ularga mustahkam sog‘lik va munosib shogirdlar tayyorlashdagi faoliyatlarida zafarlar tilab qolamiz.
Shuningdek, qishloq va suv xo‘jaligi vazirligida 2017 yil 8-dekabr kuni “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni” ga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali yig‘ilishda institut katta ilmiy xodimi Shurova Lyudmila Georgeevna va “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi dotsenti Yusupov Giyas Usmanovichlar ham mamlakatimizning yuksak mukofoti “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandilar.
Ustozlarni davlatimizning yuksak mukofotlari bilan samimiy tabriklab, ularga mustahkam sog‘lik va munosib shogirdlar tayyorlashdagi faoliyatlarida zafarlar tilab qolamiz.