Qadriyatning muqaddasligi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 apreldagi “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda “Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat”, “E’tibor va g‘amxo‘rlik – insoniy burch” shiorlari ostida o‘tkazilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etish maqsadida TIQXMMI harbiy kafedrasi ma’muriyati tomonidan faxriylar uylariga tashriflar tashkil etildi, jumladan: 2019 yil 7 may kuni harbiy kafedra rahbariyati kafedraning sobiq boshlig‘i, zaxiradagi polkovnik Nurmuxamedov Bahodir Xudeyberganovich, 8 may kuni Afg‘onistondagi jangovar harakatlar qatnashchisi, kafedraning sobiq xodimi zaxiradagi podpolkovnik Sokolskiy Sergey Igorevichlarning xonadonlariga tashrif uyushtirilib, ularning turar-joylari va uy xo‘jaliklarini ta’mirlash va obodonlashtirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi, ularning ahvolidan xabar olindi, ularga institut va harbiy kafedraning esdalik va bayram sovg‘alari topshirildi. Ushbu tashrifdan faxriylarimizning boshlari osmonga yetib, ularning yuzlaridagi xursandchiliklar zohir bo‘ldi, ko‘zlarida yosh bilan ulardek faxriylarni unutmaganliklari uchun institut va kafedra ma’muriyatiga o‘z tashakkurlarini aytishdi. O‘zlari tomonidan imkon qadar boy tajribalari bilan talaba va ofitserlar bilan o‘rtoqlashishga doim tayyor ekanliklarini bildirishdi.