TIQXMMI Qarshi filialida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” tadbiri
Joriy yilning 21-oktyabr' kuni O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 31 yilligi munosabati bilan TIQXMMI Qarshi filiali Abdulla Oripov nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati bilan hamkorlikda “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” nomli bayram tadbiri o‘tkazildi.
Asosiy g‘oyani keng ko‘lamda yorqin va jozibali aks ettirish uchun sahna bayramona bezatildi. Tadbirni Abdulla Oripov nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori o‘rinbosari Yu.Kamalova olib bordi. Tadbirda TIQXMMI Qarshi filiali Qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash fakul'teti dekani dos. U.Qodirov, viloyat hokimi maslahatchisi Z. Aminova, ma'naviy-axloqiy va yoshlar masalalari bo‘yicha mutaxassis M. Panjiev, Respublika ma'naviyat markazi viloyat bo‘limi rahbari L.Saodatova, viloyat Yozuvchilar uyushmasi rahbari O‘.Haydarlar ishtirok etishdi. So‘zga chiqqanlar o‘zbek tili bayrami bilan barchani tabriklab, ona tilimizning sofligini saqlash, uning boy va ulug‘vor imkoniyatlaridan oqilona foydalanish asosiy va dolzarb vazifa ekanligini ta'kidladilar. “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” mavzusida o‘tkazilgan ijodiy ishlar tanlovi g‘oliblari taqdirlandilar. Tadbirda maktab o‘quvchilari tomonidan namoyish etilgan adabiy-badiiy, musiqiy kompozitsiya barchaga katta taassurot qoldirdi.
TIQXMMI matbuot xizmati