Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot institutining “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti bilan xamkorlikda  “Ilm – fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi” ni rivojlantirishga oid o‘tkazilgan 1- sonli

2018 yil 11 yanvar kuni institutning Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti professor o‘qituvchilari bilan Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy tadqiqot instituti (QXMEITI) olimlari ishtirokida “Ilm – fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi” ga oid yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori B.S.Mirzaev Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti va TIQXMMIning “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti bilan birgalikda “Ilm – fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi” masalasida tashkil etilgan ushbu yig‘ilishning ahamiyati va QXM fakulteti va QXMEITI bilan hamkorlikda qilinadigan ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qator qarorlari (2017 yil 24-maydagi № 3003 sonli va  2017-yil 12-dekabrdagi qarorlari va boshq.) da aniq ko‘rsatmalar bilan qayd etilganligini takidladi.

Qator qarorlar chiqarilyapti lekin bugungi yig‘ilishning maqsadi ushbu qarorlardan kelib chiqib “Ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi” ga bog‘lash, raqobotbardosh kadrlar yetishtirish uchun amaliy ishlarni, jumladan o‘quv jarayonining ishlab chiqarishga moslashtirish, o‘quv jarayoni uchun siklik tizim ishlab chiqish, ya’ni talabalarning qishloq xo‘jalik ekinlarini ekish uchun yerlarni tayyorlash, ekish, qator oralariga ishlov berish va ekinlarni parvarishlash, paxta va g‘allani yig‘ishtirish jarayonlariga moslab amaliyotlarni tashkil qilish, talabalarning qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqish texnologik jarayonlarida qatnashishishini ta’minlash va natijada har bir jarayonni talabalarning ko‘rishi, ishlashi va ko‘nikma hosil qilishi ta’minlanadi, deb fikr bildirildi.

Undan tashqari Respublikamizda mavjud qishloq xo‘jalik mashinosozligiga asoslangan zavodlar texnikalarini institut xududiga olib kelish, ular asosida o‘quv jarayonlarini tashkil etish xamda talabalar orqali ularni ishlab chiqargan texnikalarini reklama qilish ishlarini amalga oshirish mumkin, bunday munasobat zavod uchun ham institut uchun ham foydali bo‘ladi.

Talabalar bitiruv ishlarini muvafaqqiyatli bajarishi va sifatli tugatgan talaba mashinalarni (PTM, seyalka va boshq.) boshqarish, rostlash va texnologik jarayonni bajarish xamda marketing va texnologik jarayoniga moslab qishloq xshjalik texnikalarini tanlash ko‘nikmalarini oladilar.

Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqib ikki korxona birgalikda bir biriga qanday yordam berish, birgalikda yuqori malakali kadrlarni tayyorlash ishlarni yo‘lga qo‘yish, muammoli ma’ruzalar tashkil etish, yoshlarni jalb etish, amaliy ishlarni belgilab olish, magistrlar dissertatsiyasi, BMI mavzulari va ustuvor yo‘nalishlarni belgilash, birgalikda ishlab ularni amaliyotga joriy etish, QXMEITI ishlanmalarini QXM laboratoriyasiga qo‘yish, talabalarni tanishtirish, birgalikda ilmiy masalalar rejasini belgilash va ularga talabalarni, magistrantlarni jalb etish masalalari bo‘yicha birgalikda qaror qabul qilish bo‘yicha o‘z fikr va tavsiyalaringizni berishlaringizni so‘rayman deb, yig‘ilish qatnashchilariga murojaat qildi.

QXMEITI direktori A.Rajabov ilmiy tadqiqot instituti yutuqlari va imkoniyatlarini aytib o‘tib, 50 dan ziyod olimlar ishlayotganligini. Ular qator yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotganliklari va ular natijasida bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari mavzulariga iqtidorli talaba va magistrantlarni jalb etish mumkinligini, o‘quv, texnologik va ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tish, institutda ilmiy tadqiqotlarni olib borayotgan ingliz, rus tillarini mukammal biladigan yosh olimlarimiz   qishloq xo‘jalik texnikalarini yaratishga oid tadqiqotlarni olib borish, eksperimentlarni qo‘yish va natijalariga statistik ishlov berish kurslar tashkil masalarida xamkorlik qilishimiz mumkin deb, takidlab o‘tdi.

QXMEITI direktori o‘rinbosari, professor M. Toshboltaev institutning bakalaviatura, magistratura, doktoranturada talabalarni tayyorlash bo‘yicha hamkorlik qilish mumkinligini va bir mavzuda bakalavrlik, magistrlik va doktorlik ishlari tashkil etilsa 15 yil atrofida fan doktorlarini tayyorlash mumkin bo‘ladi dedi va bakalavr, magistrantlarga rahbarlik qilish uchun olimlar ro‘yxatini va ularning olib borayotgan yo‘nalishlari bo‘yicha ro‘yxatini taqdim etdi.

Undan tashqari aloxida qishloq xo‘jalik mashinalari bo‘yicha kichik  sikllar bo‘yicha dars berish bo‘yicha ro‘yxat taqdim etdi, jumladan;

  • yerni tayyorlash mashinalari;
  • universal seyalkalar;
  • bog‘dorchilik, sabzavotchilik va kartoshkachilik mashinalari;
  • texnik servis xizmatini ko‘rsatish;
  • o‘g‘it sepish, yaylovlarga ozuqa ekinlarini ekish va yig‘ishtirish.

Qishloq xo‘jalik mashinasozligi zavodlari rahbarlarini jalb etgan holda yig‘ilishlar tashkil etish mumkin bo‘ladi deb aytib o‘tdi.

Yig‘ilishda akademik Sh.Yo‘ldoshev, professorlar A.Yusubaliev, M.Shoumarova, I.Ashirbekov va Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti dekani E.Farmonov, Qishloq xo‘jalik mashinalari kafedrasi mudiri t.f.d., B.Xudayarov, Mashinalardan foydalanish va ta’mirlash kafedrasi mudiri A.Igamberdievlar so‘zga chiqib, kun tartibidagi masalalar bo‘yicha o‘z fikrlarini bayon qildilar.

Ular o‘z so‘zlarida o‘quv va ilmiy-tadqiqotlarni olib borish uchun material-texnik bazaning fizik eskirganligi sababli material-texnik bazasini yaxshilash va kerak bo‘lsa mutloq qaytadan zamonaviy mashina va jihozlar, asbob va usukunalar bilan jihozlash, QXMEITI olimlari va institutning Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakultetining professor-o‘qituvchilari bilan ta’lim sifatini oshirish hamda innovatsion g‘oyalarga asoslangan ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishga oid o‘z fikr va mulohazolarini bildirdilar.