Ruhiyatshunos bilan suhbat
2018 yil 14 mart kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 4-sonli talabalar turar joyida Dilorom Sagdullaeva talabala qizlar bilan trening o‘tkazdi.
Treningning asosiy maqsadi: shaxsni psixologik (ruhiy) ozod qilish, bunda tabiiy erkinlikni his etishni, o‘z guruhida va undan tashqarida o‘zaro munosabat va aloqa o‘rnata olishdan iborat.
Mashqni tanlash davomida trener quyidagi holatlarni o‘ylab ko‘rishi lozim:
Mashqning natijasida nima bo‘lishini;
Guruh holati bir butunligicha o‘zgaradimi;
Guruhdagi har bir ishtirokchining holatida alohida o‘zgarish sodir bo‘ladimi;
Eng ko‘pi bilan bir kishining yoki 2-3 kishining holati o‘zgaradimi;
Kelajakda siljish uchun va rejada rivojlanish uchun material topiladimi;
Demakki, trening — shaxsda mavjud bo‘lgan yoki vujudga keladigan muammolarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma malakalarni hosil qilish maqsadida bahs-munozara, o‘yin va mashqlar orqali o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar yig‘indisidir.
Pedagoglar va psixologlar oila muammolarini, uning an’ana va udumlarini, bola shaxsining shakllanishida oilaning ta’sirini o‘rganishda juda ko‘p ishlar qilmoqdalar.
Bola ota – onaning faqatgina tarbiyaviy ta’sir etish mahsuli emas. U o‘z oilasini o‘zicha tushunadi va qabul qiladi. Oiladagi o‘z o‘rnini o‘zaro aloqada belgilaydi va oilada o‘zini o‘zicha anglaydi. Bolalar ro‘y berayotgan hodisalarga kattalarga nisbatan boshqacha baho beradilar. Biz qachonki, atrofimizdagi olamni bola ko‘zi bilan ko‘rishga o‘rganib olganimizdan so‘nggina, ularni to‘g‘ri tushunamiz, hayajonlariga, qayg‘ulariga sherik bo‘la olamiz.
4 –TTJ tarbiyachi-pedagogi Javlonbek Qutlimurotov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov